168
urug‘ ber may di gan o‘simlik navlari, itlarning
junsiz, kaptarlarning shamolga qarshi ucha
olmaydigan (tovus kap tar)
zotlari chiqaril-
ganligi yuqoridagi fi kr ni tasdiqlovchi dalil-
lardir. Ba’zi madaniy o‘sim lik navlari,
hayvon zotlarining yovvoyi ajdod lari
bir tur, boshqalariniki esa ikki-uch tur
hisoblanadi. Masalan, it zotlari chiyabo‘ri
va bo‘ridan, qo‘ylar arxar, mufl on kabi
yov vo yi
ajdod turlardan, tovuq zotlari esa
yov voyi bankiv tovug‘idan, kaptar zotlari,
yovvoyi ko‘k qoya kaptar turidan, qoramol
zotlari Yevropa turidan,
karam navlari
yovvoyi karam turidan keltirib chiqarilgan
(89–90-rasmlar).
Darvin yuqoridagi mulohazalarning
asos li ekanligini bir qancha dalillar bilan
isbotlagan. Chunonchi, Hindiston va Janubi
Sharqiy Osiyo chakalakzorlarida tarqalgan bankiv
yovvoyi tur tovuqlari
odamdan unchalik hurkmaydi, kechalari daraxt, buta shoxlarida uxlaydi va
xonaki tovuqlar bilan chatishib nasl beradi. Bularning hammasi xonaki tovuqlar
bankiv yovvoyi tovuqlardan kelib chiq qanligini isbotlovchi dalillar sanaladi.
Mana shunday usul bilan Darvin boshqa xonakilashtirilgan
hayvon zotlari,
madaniy o‘simlik navlari qaysi yovvoyi turlardan kelib chiqqanligini asoslagan.
Dostları ilə paylaş: