Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar:
zot, nav, ongli tanlash, tur xili, shaxsiy o‘zgaruvchanlik.
Savol va topshiriqlar:
1. Ch. Darvinning evolutsion g‘oyalari Lamarkning g‘oyalaridan nimasi bilan farq 
qiladi?
2. Ch. Darvin ta’limotining mazmun-mohiyatini izohlang. 
3. Ch. Darvin xonaki hayvon, madaniy o‘simlik navlari xilma-xilligining sabab-
larini qanday izohladi?
4. Sun’iy tanlashning muvaff aqiyatli chiqishi uchun nimalarga e’tibor qaratish 
lozim?
5. Darvin fi kricha, shaxsiy o‘zgaruvchanlik nima? Bunday o‘zgaruvchanlik 
evolutsion jarayonda qanday ahamiyaga ega?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Sun’iy tanlash bilan tabiiy tanlanish 
o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni yozing. 
Ko‘rsatkichlar
Sun’iy tanlash Tabiiy tanlanish
Tanlash uchun material
Foydali o‘zgarishlarga ega organizmlar taqdiri
Foydasiz va zararli o‘zgarishli organizmlar taqdiri
Tanlash yo‘nalishi 
Individual o‘zgaruvchanlik 
tavsifi 
Tanlash ta’sirining jadalligi
Tanlash natijasi 
Tanlovchi omil


171
40-§. EVOLUTSIYANI HARAKATLANTIRUVCHI 
KUCHLAR. IRSIY O‘ZGARUVCHANLIK
Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi 
bo‘g‘in ota-ona formalaridan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini 
aniqlagan va uni 
shaxsiy o‘zgaruvchanlik 
atamasi bilan ta’rifl agan. Darvin 
yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar 
yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl sababi 
atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga 
ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir 
etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. 
Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi. 
Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri ikki xil – 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin