171
40-§. EVOLUTSIYANI HARAKATLANTIRUVCHI
KUCHLAR. IRSIY O‘ZGARUVCHANLIK
Darvin
har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda,
yangi
bo‘g‘in ota-ona formalaridan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini
aniqlagan
va uni
shaxsiy o‘zgaruvchanlik
atamasi bilan ta’rifl agan. Darvin
yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar
yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl sababi
atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi.
Uning mulohazasiga
ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir
etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi.
Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri ikki xil –
Dostları ilə paylaş: