Biolog 10 indd


-rasm. Qoramol zotlari va ularning ajdodi.  89-rasm



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

90-rasm.
Qoramol zotlari va ularning ajdodi. 
89-rasm.
Kaptar zotlari: 1 – yovvoyi 
ko‘k qoya kaptari; 2 – bo‘qoq kaptar; 
3 – yakobin kaptari; 4 – turman; 
5 – pochtachi kaptar; 6 – tovus kaptar.
1
2
3
4
6
5


169
Darvin sun’iy tanlash bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mum-
kinligini tajriba orqali isbotlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. XX
 
asr ikkinchi 
yarmida akademik K. D. Belyayev sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hay-
von larni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi. 
U kumushsimon qora tulkilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning 
odamga nisbatan xatti-harakati har xil ekanligini aniqladi. Tulkilarning bir 
guruhi odamga tashlanuvchan, o‘ta tajovuzkor, ikkinchi guruhi odamga 
tashlanishga qo‘rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan, uchinchi 
guruhi esa xotirjam instinktli ekanligi ma’lum bo‘ldi. 
K. D. Belyayev uchinchi guruhga mansub erkak va urg‘ochi tulkilarni 
ajratib, alohida urchita boshladi. Nasllar orasidan olim yana odamga tez 
ko‘nikuvchi tulkilarni tanlab bordi. Bunday tulkilarning bir necha avlodida 
sun’iy tanlash o‘tkazish natijasida xuddi xonaki itlarga o‘xshash, ya’ni odamga 
tez o‘rganadigan, erkalaganda xursand bo‘ladigan tulkilar chiqarildi. Xatti-
harakatiga qarab o‘tkazilgan sun’iy tanlash natijasida tulkilarning morfologik 
va fi ziologik belgilari ham o‘zgardi. Tajribada tashqi quloq suprasi osilgan
dumini esa gajak holda egib turadigan tulkilar olindi. Yovvoyi tulkilar odatda 
yilda bir marta – aprelda urchisa, xonakilashtirilganlari esa ikki marotaba 
dekabr-yanvar va mart-aprel oylarida urchigan.
Darvin sun’iy tanlashning muvaff aqiyatli chiqishi tanlash uchun olin-
gan organizmlarning son jihatdan ko‘pligiga, ulardagi individual o‘zgaruv-
chanlikka, seleksionerning tajribasi va sinchkovligiga, tanlash olib borilayot gan 
organizmlarning nazoratsiz chatishmasligiga, tanlash ta’sirini irsiy o‘zga-
ruvchanlik tufayli to‘plana borishiga bog‘liq deb hisoblagan. 
Sun’iy tanlash o‘zida bir-birini to‘ldiruvchi uch hodisani mujas samlash-
tiradi: ko‘zlangan maqsadga mos organizmlarni tanlash va saqlash; inson 
talablariga mos bo‘lmagan organizmlarni yaroqsizga chiqarish; chatishtirish 
uchun zarur bo‘lgan ota-ona formalarini saralash hamda ulardan yangi-yangi 
nasl olish.
Binobarin, yangi nav va zot chiqarishda irsiy o‘zgaruvchanlik va sun’iy 
tanlash asosiy omil, ya’ni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Darvin zamoniga 
nisbatan hozirgi vaqtda yangi nav, zot chiqarish metodlari takomillashgan.
Darvin sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, 
yovvoyi o‘simliklarni madaniylashtirish, zot va navlarning belgi-xossalarini 
o‘zgartirish mumkinligini aniqlagach, tabiiy sharoitda yashaydigan
 
orga-
nizmlarda ham shunga o‘xshash jarayon ro‘y berishi mumkin degan fi krga 
keldi. U har qanday o‘simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi avlod ota-onadan, 


170
shuningdek, o‘zaro ayrim belgi-xossalari bilan farq qilishini kuzatdi va uni 
shaxsiy o‘zgaruvchanlik 
deb nomladi. 
Darvin organizmlarda shaxsiy o‘zgaruvchanlik borligini yangi tur bilan tur 
xilini taqqoslash yo‘li bilan ham isbotladi. «Tur xili» deganda olim turga xos 
belgi-xossalar yaxshi ifodalanmagan organizmlar guruhini tushungan. Olimlar 
bir tur bilan ikkinchi tur orasida oraliq formalar uchramaydi, lekin tur bilan tur 
xili orasida oraliq formalarning uchrashi tabiiy bir hol deb hisoblaganlar. Shu 
bois tur xillarini Darvin yashagan davrda «shubhali turlar» deb ham atashgan. 
Tur xillarining tabiatda mavjudligi tufayli olimlar turlar sonini aniqlashda 
qiyinchilikka duch kelganlar. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin