Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

87
-
rasm.
J. Kyuve.


164
rivojlanishini va umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar embrioni 
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashliklarini aniqladi.
XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari 
T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi
XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hu-
jay ra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar
odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha orga-
nizm lar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib 
xizmat qildi.
Tayanch so‘zlar:
fl ora, morfologiya, anatomiya, sistematika, paleontologiya, 
hujayra nazariyasi.
Savol va topshiriqlar:
1. K. Linney ta’limotini gapirib bering.
2. J. Kyuve ta’limotini tushuntirib bering.
3. J. B. Lamark ta’limoti haqida nimalar bilasiz? 
4. Umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar embrion rivojlanishining 
dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashligini qanday izohlaysiz?
5. J. Kyuvening paleontologiya sohasidagi ishlari haqida nimalar bilasiz?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Karl Linney, Jorj Kyuve, Jan Batist Lamark 
ilgari surgan g‘oyalarni ajrating. 
Karl Linney
Jorj Kyuve
Jan Batist Lamark
39-§. CH. DARVINNING EVOLUTSION G‘OYALARI
 
XIX asrga kelib Angliya sanoati, qishloq xo‘jaligi rivojlangan yirik 
kapitalistik mamlakat sanalardi. Sanoatning gurkirab rivojlanishi chorvachilik 
va qishloq xo‘jaligidan olinadigan xomashyoning tobora ko‘payishini talab 
qila boshladi. Xomashyoga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida ingliz 
seleksionerlari ko‘p mahsulot beradigan qo‘y, qoramol, parranda zotlarini, ko‘p 
hosil beradigan sabzavot va donli ekinlar navlarini chiqara boshladi. Seleksiya 
natijalari o‘sha davrda hukmron bo‘lgan hayvon, o‘simlik organizmlari 
o‘zgarmas, degan tushunchalarga xotima berdi. Ch. Darvin o‘simlik va 
hayvonlarning yangi formalarini chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga yuqori 
baho berdi, qishloq xo‘jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda 
undan evolutsion ta’limot yaratishda foydalandi. 


165
Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin professor Genslo uni 
butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan «Bigl» kemasidagi ekspeditsiya 
tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi (88-rasm). 
Darvinni, ayniqsa, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘idan 500 km 
uzoqlikdagi Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami hayratga 
soldi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko‘p uchraydi. Sudraluvchilardan 
toshbaqalar, chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroklarning har bir 
orolda o‘ziga xos tuzilishga ega turlarini uchratish mumkin. Vyuroklar boshqa 
xossalaridan tashqari, tumshug‘ining tuzilishi bilan ham bir-biridan farq 
qiladi. Qizig‘i shundaki, har xil orolda tumshug‘i turlicha tuzilgan vyuroklar 
tarqalgan. 
Umuman olganda, Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar 
olami Janubiy Amerika hayvon va o‘simliklariga o‘xshash, lekin ayrim belgi, 
xossalari bo‘yicha farq qiladi.
Qirilib ketgan qadimgi oz tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov, 
chumolixo‘r, zirhlilarga o‘xshashligi Darvinni hayratlantirdi. Bu dalillar 
qirilib ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o‘rtasida o‘zaro 
qarindoshlik bor, deb taxmin qilishga sabab bo‘ldi. 
Hayvonlar geografi k tarqalishining ba’zi o‘ziga xos tomonlari ham safar 
davomida Darvinni ajablantirdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini 
o‘zaro taqqoslab, ular o‘rtasida katta farq borligini qayd qildi. Chunonchi
Janubiy Amerikada keng burunli maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r, 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin