160
«Tib qonunlari» asari 500 yil mobaynida Yevropa universitetlarida asosiy
tabobat qo‘llanmasi sifatida o‘qitilib kelindi. Olim odamdagi ba’zi
kasalliklar
(chechak, vabo, sil) ko‘zga ko‘rinmas organizmlar orqali paydo bo‘ladi, deb
qayd qiladi. Binobarin, mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya fani hali
shakllanmasdan 600–700 yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo
orqali tarqalishini e’tirof etdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483–1530) buyuk
davlat arbobi, shoir bo‘lib qolmasdan,
tabiatshunos
olim hamdir (84-rasm).
Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Mar-
kaziv Osiyo, Afg‘o niston, Hindiston kabi mamlakat-
larning tarixi, geografi yasi, xalqlarning turmush kechi-
rish tarzi, madaniyati bilan birga, o‘simlik va hayvonot
olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot berilgan. U o‘zi
ko‘r gan, kuzatganlariga
asoslangan holda hayvon va
o‘simliklarning tuzilishi,
hayot tarzi, ularning o‘zaro
o‘xshashligi yoki farqlari haqida ma’lumotlarni bayon
etgan.
Bobur hayvonlarni to‘rt quruhga ajratgan: quruq-
lik
hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashaydigan
hayvonlar va suv
hayvonlariga ajratgan.
Tayanch so‘zlar:
murtak, Gippokrat, Aristotel, «Qonlilar», «Qonsizlar».
Savol va topshiriqlar:
1. Farobiyning tabiat to‘g‘risidagi fi krlarini gapiring.
2. Beruniy tabiatshunoslikda qanday kashfi yotlar qilgan?
3. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi
nimalardan iborat?
4.
Zahiriddin Muhammad Boburning izlanishlari haqida gapirib bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Miloddan oldin yashagan tabiat shun os-
larning tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlarini yozing.
Qadimgi Misr
Qadimgi
Hindiston
Qadimgi Xitoy
O‘rta asrlarda ijod qilgan Markaziy Osiyo olimlarining tabiat tuzilishi haqidagi
fi krlarini yozing.
84-rasm.
Zahiriddin
Muhammad Bobur