38-§. K. LINNEY, J.B. LAMARKNING ILMIY ISHLARI, J. KYUVENING EVOLUTSION G‘OYALARI XV asr yarmiga kelib, Yevropa mamlakatlarida feodalizm o‘rniga
burjuaziya hokimiyati o‘rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar
bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Boshqa yerlardan Yevropaga
ko‘pgina o‘simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o‘simlik va
hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi.
Buning oqibatida kishilarning o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlari
antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarini
yanada rivojlantirish uchun, avvalo, ma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarini
guruhlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi
Karl Linney (1707–1778) shug‘ullandi (85-rasm).
U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi.
Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni
turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. Sizlar
botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari,
sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali
va umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematik
guruhlari bilan tanishgansiz.
K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p
sohalari hali rivoj lanmagan edi. Shu sababli K. Lin-
ney o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgi larigagina asoslangan holda sun’iy
sistema tuzishga muvoff aq bo‘ldi. U barcha o‘simliklarni changdonlari
soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga,
hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi,
qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinfl arga, aksincha,
kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi.
K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fi kr bildirgan. Uning
tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik
organik olamni atrofl icha o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng
botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi.
85-rasm. K. Linney.
6 – Biologiya 10
162
Organik olam evolutsiyasi haqidagi naza riyani
birinchi marta fransuz tabiatshunosi