Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Jan Batist Lamark
(1744–1829) yaratdi (86-rasm). U «umurtqa sizlar» va 
«biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. 
Lamarkning evolutsiyaga doir fi krlari «Zoologiyaga 
kirish», (1801) va «Zoologiya falsafasi», (1809) nomli 
asarlarida bayon etilgan.
Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy 
ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib 
qilgan. Lamark fi kricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar 
sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar real
deb hisoblagan.
Lamark hayvonot olamining tabiiy sistematikasini yaratishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ygan va shu sababli organizmlarning qon-qarindoshligiga 
asoslangan klassifi katsiyani ilgari surgan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga 
ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir. 
Hayvonlarni ovqatlanish, qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasiga qarab 
6 bosqichga ajratdi. 
Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko‘tarilar ekan, qayd 
etilgan organlar sistemasi murakkablasha borganligini e’tirof etdi. U or-
ganizmlarni sistemaga solish ustida ishlar ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib 
bilan joylashtirish mumkinligini aytgan. Lamark fi kricha, sodda mavjudotlar 
o‘z-o‘zidan anorganik tabiatdan paydo bo‘ladi. Keyinchalik tashqi muhit 
ta’siri ostida o‘zgarib, davrlar o‘tishi bilan murakkablashib, tuzilishi yuksak 
bo‘lgan organizmlarga aylanadi. Turlar o‘zgarishida vaqt asosiy omil sifatida 
muhim ahamiyatga ega. Ular muhit sharoitiga muvofi q o‘zgaradi. Lamark 
muhit ta’siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizmlarni 3 guruhga 
bo‘lgan. Birinchi guruhga o‘simliklar, ikkinchi guruhga sodda hayvonlar, 
uchinchi guruhga nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarni kiritdi. Tashqi 
muhit organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tashqi 
muhit o‘simliklar va tuban hayvonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nerv 
sistemasi rivojlangan hayvonlarga esa muhit bilvosita ta’sir etadi. Muhitning 
uzoq davom etgan o‘zgarishi hayvonlar hayotiga ta’sir etib, avval ularning 
talabini o‘zgartiradi. Talabning o‘zgarishi esa shu talabni qondirish maqsadida 
qilingan harakatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bunday sharoit davom etsa 
hayvonlarning xulq-atvori o‘zgaradi. Bu, o‘z navbatida, hayvonlarning ba’zi 
organlari mashq qilishiga, boshqalarining mashq qilmasligiga sabab bo‘ladi. 
Mashq qiladigan organlarga oziq moddalar ko‘p kelib turgani uchun ularning 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin