226
Devon
davrida
dengizlar sathi kamayib, quruqlik ortishi yanada davom
etgan. Iqlim mo‘tadil bo‘lgan. Quruqlikning ko‘pgina qismi dasht, yarim
dashtga aylangan. Dengizlarda tog‘ayli
baliqlar rivojlanib, «qalqondor»
baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya borishi ro‘y bergan. So‘ngra
suyakli baliqlar kelib chiqqan. Sayoz havzalarda ikki yoqlama nafas oluvchi
baliqlar, panjaqanotli baliqlar rivojlangan. Bu davrda baland bo‘lib o‘suvchi
qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlardan dastlabki o‘rmonlar hosil bo‘lgan.
Bo‘g‘imoyoqli hayvonlarning ayrim guruhlaridan ko‘poyoqlar va dastlabki
hasharotlar rivojlangan.
Devon davrining o‘rtalariga kelib suv hamda quruqlikda yashovchilarning
dastlabki turlari vujudga kelgan.
Toshko‘mir
davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan.
Quruqlikdagi pasttekisliklarda botqoqli yerlar ko‘p uchragan.
Ulardan
balandligi 40 m ga yetadigan qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar o‘sgan.
Bulardan tashqari ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon
o‘simliklarning yoppasiga halok bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir
qatlami hosil bo‘lishiga olib kelgan. Suv hamda quruqlikda yashovchilarning
dastlabki vakillari hisoblangan stegotsefallar nihoyatda ko‘p
va xilma-xil
bo‘lgan. Uchuvchi hasharot – suvaraklar, ninachilar rivojlangan.
Perm
davrining boshlariga kelib iqlim birmuncha quruq va sovuq bo‘lgan.
Bunday sharoitda suvda hamda quruqlikda yashovchilarning anchagina
qismi qirilib ketgan. Yashash uchun kurash, tabiiy
tanlanish suvda hamda
quruqlikda yashovchilarning ma’lum guruhining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Keyin ulardan sudralib yuruvchilar sinfi ning vakillari kelib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: