33
Xususiyatlari
DNK
RNK
Hujayrada uchrashi
Funksiyasi
Polipeptid
zanjiri
Uglevodlari
Purin
asoslari
Pirimidin asoslari
III BOB. HAYOTNING HUJAYRA DARAJASIDAGI
UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR
7-§. HAYOTNING HUJAYRA DARAJASI VA
UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi
.
Barcha tirik
organizmlar hujayradan tuzilgan, hayotiy jarayonlar hujayrada amalga oshadi.
Shuning uchun
ham hujayra hayotning tuzilish, funksional,
rivojlanish va
irsiy birligidir. Shu bilan birga hujayra o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ma’lum
qonuniyatlar asosida mavjud bo‘lgan biologik sistemadir.
Hayotning tuzilish birligi sifatida hujayra biomolekulalardan tashkil topgan
tizim sanaladi. Hujayraning tizim sifatidagi xususiyatlari ko‘p jihatdan molekula
darajasiga, ya’ni uning komponentlari va shu komponentlarning
faoliyatida aks
etadi. DNK molekulasi hujayra oqsillari sintezi jarayonlarining boshqarilishini
belgilovchi genetik kodni saqlaydi. Hujayraning asosiy membranali tuzilmalari
lipid va oqsil molekulalardan tashkil topgan (19-rasm).
Molekular darajada DNK reduplikatsiya jarayoni mexanizmlari aks etsa,
hayotning hujayra darajasida bu jarayon hujayraning faoliyati sifatida namoyon
bo‘ladi.
Hayotning hujayra darajasi kimyoviy
birikmalarning komplekslari,
plazmatik membrana,
organoidlar, yadro kabi tarkibiy qism (komponent)lardan
iborat. Hujayraning yaxlit tizim sifatidagi xususiyatlarini bu komponentlarning
o‘zaro munosabatlari belgilaydi.
2 – Biologiya 10
34
Evolutsiya jarayonida ilk bor hujayra darajasiga xos xususiyatlar –
hujayra metabolizmi, genetik axborotning hujayradan hujayraga berilishi kabi
xususiyatlar paydo bo‘lgan. Yerda hayot paydo bo‘lishi aynan hujayraning
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: