86
Xulosa qilib aytganda, G. Mendel tajribalarida
dominant va retsessiv
belgilarning nisbati 3:1 ni tashkil etadi.
Uch, to‘rt va undan ko‘p belgilari bilan tafovut qiladigan formalarni
chatishishidan hosil bo‘lgan
organizmlar
poliduragaylar
deb nomlanadi.
Masalan, no‘xatning doni sariq, sirti tekis, gultojibargi qizil bo‘lgan navi doni
yashil, sirti burushgan, gultojibargi oq rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa
F
1
duragaylarning doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.
Agar F
1
duragaylar o‘zaro chatishtirilsa 8 xil urg‘ochi gametalar, 8 xil
gametalar erkak qo‘shilishi oqibatida 64 ta zigota hosil bo‘ladi.
Ularning
fenotipi: 27 ta doni sariq, tekis, guli qizil, 9 ta doni sariq, tekis, guli oq, 9 ta
doni sariq, burushgan, guli oq, 9 ta doni yashil, tekis, guli qizil, 3 ta doni sariq,
burushgan, guli oq, 3 ta doni yashil, tekis, guli oq, 3 ta doni yashil, burushgan,
guli qizil, 1 ta doni yashil, burushgan, guli oq bo‘ladi.
Fenotip
sariq tekis qizil yashil burushgan oq
P
Genotip
AABBCC x aabbss
gameta ABC
abc
Fenotip
sariq tekis qizil
sariq tekis qizil
F
Genotip
AaBbCc x AaBbCc
Shuni
qayd etish lozimki, allel juftlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish
sinfl ari, ularning kombinatsiyalanish
imkoniyatlari, fenotipik va genotipik
sinfl ar soni ham ko‘p bo‘ladi. Buni quyidagi jadvalda aniq ko‘rish mumkin: