Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

To‘liq dominantlik
. Irsiyat qonuniyatlarini o‘rganishni G. Mendel 
monoduragay chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft alternativ belgisi bilan 
farq qiluvchi ota-onalarni duragaylashdan boshladi. Sariq va yashil no‘xatlar 
chatishtirilsa, birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda 
bo‘ladi. Bu tajribadan 
birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonuni
kelib chiqadi. 
Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha «dominans» – 
«ustinlik qilish»), namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv (lotincha recessus – 
chekinish) deb ataladi. Bir-birini inkor etuvchi alternativ belgilarni yuzaga 
chiqaruvchi genlar – allel genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning bir 
44-rasm. 
Xushbo‘y no‘xat o‘simligining G. Mendel tomonidan o‘rganilgan belgilari.


83
xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) 
allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalar 
hosil qiladi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv – Aa) tashkil 
topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi.
Birinchi avlod duragaylari o‘zaro chatishtirilganda, olingan duragaylar 
orasida sariq rangli no‘xatlar bilan birga yashil rangli no‘xatlar ham hosil 
bo‘ldi. Fenotip bo‘yicha 3:1 nisbatda, genotip bo‘yicha 1:2:1 nisbatda ajralish 
yuz berdi. Bu tajribadan G. Mendelning ikkinchi qonuni kelib chiqadi: bir juft 
alternativ belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar o‘zaro chatishtirilganda 
keyingi avlodda fenotip va genotip bo‘yicha ajralish beradi. Bu qonun 
belgilarning ajralish 
qonuni deb ataladi. 
Shunday qilib, monoduragay cha tish tirishda F
2
ning ¾ qismida dominant 
allel, ¼ qismida retsessiv allel yuzaga chiqadi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin