Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Bioritmlar.
Organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik ravishda, ya’ni 
kecha-kunduz, oy davomida hamda mavsumiy o‘zgarib turadi. Tirik 
organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, 
evolutsiya natijasida shakllanadi va 
bioritmlar
deb ataladi. Bioritmlar – tabiiy 
tanlanishning natijasidir. Yashash uchun kurashda o‘z biologik jarayonlarini 
ritmik o‘zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar saqlanib qoladi. Bir 
sutka davomida organizm fi ziologik jarayonlarining ritmik o‘zgarishi kecha-
kunduzlik bioritmlar deyiladi. Odamning tana harorati, arterial bosimi, kecha-
kunduz davomida ritmik o‘zgarib turadi. Hujayralarning mitoz bo‘linishining 
tezligi, qon shaklli elementlarining miqdori ham kecha-kunduz davomida ritmik 
o‘zgaradi. Mavsumiy bioritmlarga fotoperiodizm misol bo‘ladi. Organizmlar 


80
yil davomida kun uzunligining o‘zgarishiga moslashadi va ularda kechadigan 
fi ziologik jarayonlar almashadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida daraxtlarning 
gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketishi kabi 
hodisalar kuzatiladi. 
Anabioz.
Hayotiy jarayonlarning davom etishi noqulay bo‘lgan muhit 
sharoitida organizm anabioz holatiga o‘tadi. Anabioz holatidagi orga-
nizmlarda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Anabioz noqulay sharoitlar-
ga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir. Mikroor-
ganizmlarning sporalari, o‘simliklarning urug‘lari, hayvonlar sistalari, 
tuxumlari anabiozga misol bo‘ladi. 
Tayanch so‘zlar: 
embrional rivojlanish, postembrional rivojlanish, yuvenil davr, 
pubertat davr, gomeostaz, bioritm, anabioz.
Savol va topshiriqlar:
1. Ontogenez davrlarini tushuntiring.
2. Maydalanish, blastula, gastrula va neyrula bosqichlarini izohlang.
3. To‘liq va chala o‘zgarishlar bilan kechadigan rivojlanishni taqqoslang.
4. Biologik ritmlarni ifodalang va misollar keltiring.
5. Anabioz nima, undan qanday foydalanish mumkin?
6. Gomeostazning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bering.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin