95
21-§. JINS BILAN BOG‘LIQ HOLDA IRSIYLANISH
Genlar
faqat autosomada emas, balki jinsiy xromosomalarda ham
joylashgan. Autosomadagi genlar faoliyati erkak va urg‘ochi
organizmlarda
bir xil namoyon bo‘ladi. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jins bilan
bog‘liq holda nasldan naslga o‘tadi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va
uning shogirdlari tomonidan drozofi lada oʻrganilgan. Morgan drozofi laning
ko‘z rangini irsiylanishini o‘rgandi. Ko‘zning qizil rangi dominant, oq rangi
esa retsessiv ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chatishtirish uchun olingan urg‘ochi
qizil ko‘zli gomozigota drozofi la genotipi X
W+
X
W+
, oq ko‘zli erkakniki X
W
Y
bo‘ladi. Ularni o‘zaro
chatishtirish natijasida F
1
dagi urg‘ochi va erkak
drozofi lalarning ko‘zi qizil bo‘ladi. F
2
dagi urg‘ochi drozofi lalarning hammasi
qizil ko‘zli, lekin ularning ½ qismi gomozigota, ½ qismi
geterozigota holatda,
erkaklarining ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi.
Agar chatishtirish uchun oq ko‘zli urg‘ochi pashshalar bilan qizil ko‘zli
erkak pashshalar olinsa (resiprok chatishtirish), F
1
da hosil bo‘lgan erkak
drozofi lalar oq ko‘zli, urg‘ochi drozofi lalar qizil ko‘zli bo‘ladi. F
2
dagi urg‘ochi
drozofi lalarning ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi, erkaklarining
½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi (50-rasm).
Dostları ilə paylaş: