124
ulardagi irsiy axborotning turlicha bo‘lishiga bog‘liq. Ular xromosomalar soni
va ulardagi genlar miqdori va sifati bilan farq qiladi.
Plazmidlar.
Plazmidlar hujayraning asosiy
xromosomasidan bir necha
yuz barobar kichik DNK qo‘sh zanjirli halqasidan iborat. Plazmidlar
o‘rtacha 3–10 dona genlardan tuzilgan va ikki toifaga bo‘linadi. Bularning
birinchisi
transmissibl plasmid
bo‘lib, u transpozon
yoki bakteriofag irsiy
molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini
kesib, rekombinatsiya bo‘la oladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga
birikkandan keyin o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Asosiy xromosomadan
mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qila olmaydi.
Ayni paytda bunday
plazmidlarda joylashgan genlar asosiy xromosomada o‘z faoliyatini bajaradi.
Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmidning genlari asosiy
xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan naslga beriladi. Ikkinchi toifa
plazmidlar
avtonom
holda replikatsiyalanuvchi
plazmidlar
deb ataladi.
Bunday
plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan
mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya yo‘li bilan o‘nlab
va hatto yuzlab
marta ko‘paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug‘
bo‘linganda qiz hujayralar orasida tasodifi y ravishda taqsimlanadi. Shu
bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va
membranasining teshiklaridan o‘ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotik
yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Shu
tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va zamburug‘larning antibiotik va zaharli
toksinlarga chidamliligini ta’minlaydi.
Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga
transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko‘chib o‘ta oladi. Bu molekular
jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga
chidamliligini
nihoyatda oshiradi. Plazmidlarning bu xususiyatidan genetik injeneriyada
vektor sifatida foydalansa bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: