121
3. Klaynfelter sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi,
Daun kasalliklarining
belgilarini tushuntiring.
4. Irsiy kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish uchun nima qilish kerak deb
o‘ylaysiz?
5. Reproduktiv salomatlikni saqlashda Respublika «Ona va bola skrining»
markazi faoliyatini yoriting.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
«Inson salomatligi – jamiyat boyligi»
mavzusida referat tayyorlang.
26-§ GEN MUHANDISLIGI TADQIQOT OBYEKTLARI
VA RIVOJLANISH TARIXI
Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaat-
larini ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi (gen injeneriyasi
yoki genetik injeneriya) deb ataladi. Gen muhandisligi –
rekombinant RNK
va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish
(manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan
genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va
usullari jamlanmasidir.
Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo‘lgan, DNK
zanjiridagi nukleotidlar qatori gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayon
ketma-ketligini boshqarishda ishtirok etadigan, genetik tuzilishi bo‘yicha
deyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan
bir necha genlar, genlar majmuasi yoki
oilasini tashkil qiladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi genlarning ichki
tuzilishini va xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o‘zgartirib,
ularning faoliyatini idora etishdir. Natijada har qanday tirik mavjudotni, albatta,
imkoniyat darajasida maqsadga yanada ko‘proq muvofi qlashtirish yo‘li
bilan
sanoat miqyosida oqsil moddalar ishlab chiqarish, o‘simlik va hayvon turlarini
inson ehtiyojiga mos ravishda o‘zgartirish, irsiy va yuqumli kasalliklarni aniq
va tez tashxis qilish hamda sabablarini aniqlash usullari yaratildi.
Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani irsiyatning moddiy asosi – DNK
molekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK
bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini
uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez
usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. Ayniqsa,
DNK molekulasini
tashkil etuvchi nukleotidlarning spetsifi k ketma-ketligini (izchilligini) aniqlash
122
hamda xohlagan DNK bo‘lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining
va uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishini
ta’minladi.
Dostları ilə paylaş: