132
Polimerazalar.
Gen muhandisligi keng qo‘llaniladigan
fermentlardan
biri DNK polimeraza fermenti bo‘lib, bu ferment birinchi marta 1958-yilda
Korenberg va uning hamkorlari tomonidan Esherichia coli (ichak tayoqchasi
bakteriyasi)dan ajratib olingan DNK polimeraza komplementar nukleotidlarni
biriktirish yo‘li bilan DNK zanjiri reduplikatsiya jarayonida ishtirok etadi.
DNK polimeraza gen muhandisligida yangi
DNK molekulalarini sintez-
lashda qo‘llaniladi. Viruslarni o‘rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki,
ayrim viruslarning genomi bitta RNK zanjirdan iborat bo‘lib, hujayra ichida
rivojlanayotganda o‘z genomini ikki zanjirli DNK ko‘rinishiga o‘tkazib,
xo‘jayin hujayra genomiga kiritadi. RNK matritsa
asosida komplementar
DNK sintezlay oladigan virusning maxsus fermenti, ya’ni teskari transkriptaza
yoki
revertaza
deb nomlanuvchi maxsus ferment ajratib olingan. Revertazalar
matritsa RNKga komplementar DNK zanjirini sintezlay oladi. Revertazalar
yordamida MRNKning DNK nusxalarini olish mumkin.
Ligazalar.
Rekombinatsiya jarayoni DNKni bo‘laklarga ajratish va ularni
ulashdan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Qo‘shni nukleotidlar orasidagi fosfodiefi r
bog‘larini tiklash orqali DNK bo‘laklarini bog‘lash
vazifasini bajaruvchi
ferment
DNK ligaza
deb ataladi. Ligaza yordamida DNKning har qanday
bo‘lagining «yopishqoq uchli» yoki «to‘mtoq uchli» qismlari biriktiriladi. Bu
eng ko‘p qo‘llaniladigan fermentlardan biridir.
Dostları ilə paylaş: