136
sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko‘chib yuruvchi genetik
elementlardan ham foydalanish mumkin.
Demak, gen muhandisligida quyidagilar amalga oshiriladi:
1. Kerakli genga ega donor organizmlardan zarur genlar ketma-ketligiga
ega bo‘lgan DNK molekulasi ajratib olinadi.
2. Donor DNKsining zarur geni fermentlar ta’sirida
boshqa qismlardan
ajtatib olinadi.
3. Retsipiyent hujayra (qabul qiladigan hujayra)ga biror genni kiritish uchun
mazkur hujayraga kira oladigan uncha katta bo‘lmagan DNK molekulasidan
foydalaniladi. Bunday molekula vektor deyiladi.
4. DNK-vektorni donor genini kiritish mumkin bo‘lgan joyidan ferment
yordamida kesiladi.
5. Ajratib olingan gen vektor molekulaga «tikiladi».
Rekombinant DNK
hosil qilinadi va klonlanadi. Kiritilgan gen saqlovchi yangi DNK molekulasi
xo‘jayin retsipiyent hujayrasiga kiritiladi.
6. Xo‘jayin hujayrada DNK replikatsiyalanadi va hujayraning bo‘linishi
orqali avlodlarga beriladi.
7. Rekombinant DNKni xo‘jayin hujayraga kiritish transformatsiya deyi-
ladi. Yot DNK bo‘lagiga ega bo‘lgan organizmlar transgen organizmlar hisob-
lanadi.
Tayanch so‘zlar:
EcoRI (eko-er-bir),
elektroforez geli, vektor konstruksiya,
transformatsiya, transgen hujayra.
Dostları ilə paylaş: