Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Biokimyoviy mezon
. Har xil turga kiruvchi organizmlar o‘zining kimyoviy 
tarkibi, oqsil, uglevod, nuklein kislotalar va boshqa organik moddalari bilan 
farq qiladi. Lekin asosiy farq har bir tur uchun xos irsiy material (DNK, 
RNK) va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdorining o‘ziga xosligidadir. 


150
Organizmlarning qaysi turga mansubligini aniqlash uchun ulardagi nuklein 
kislotalari farqini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
Geografi k mezon.
Har bir tur tabiatda o‘z arealiga ega. Tur tarqalgan 
hudud katta yoki kichik, har joyda yoki yoppasiga bo‘lishi mumkin. Ba’zan 
esa ikki, uch turning areali umumiy bo‘lishi yoki ba’zi turlarning ishg‘ol 
qilgan areali nihoyatda keng maydonni egallashi mumkin. Bu esa o‘z navbatida 
geografi k mezon boshqa mezonlar kabi nisbiyligidan dalolat beradi.
Ekologik mezon. 
Bir turga kiruvchi organizmlar ma’lum muhit sharoitiga 
moslashgan, biogeosenozda o‘zining ekologik o‘rniga ega va o‘zining aniq 
funksiyasini bajaradi. Masalan, dalalar, yaylovlarda zaharli ayiqtovon, 
daryo qirg‘oqlari va ariq chetlarida sudraluvchi ayiqtovon, botqoqliklarda 
achishtiradigan ayiqtovon turlari uchraydi (78-rasm).
78-rasm.
1 – zaharli ayiqtovon; 2 – achishtiruv-
chi ayiqtovon; 3 – sudraluvchi ayiqtovon. 
79-rasm.
Qora kalamushning qiyo-
fadosh turlari.
Genetik mezon.
Har bir tur o‘ziga xos kariotipga ega bo‘lib, bu mezon 
xromosomalar soni, shakli, tuzilishi, maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi bilan 
ifodalanadi. Qora kalamushning ikkita qiyofadosh turining birida 38 ta, 
ikkinchisida 42 ta xromosoma bor (79-rasm). 
Genetik mezon ham nisbiy sanaladi. Chunki bir turga mansub orga-
nizmlarning xromosomalar soni va tuzilishi, farqlanishi har xil turga mansub 
organizmlarda esa xromosomalar soni teng bo‘lishi mumkin. Masalan, karam 
va turpda 18 tadan xromosoma bor. 
Etologik mezon.
Bir turga mansub individlar boshqa turga mansub individ-
lardan xulq-atvori va xatti-harakati bilan farq qiladi.
Yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham har yoqlama mutlaq 
hisoblanmaydi. Shu bois turlarni aniqlashda ularning hammasidan yoki 
ko‘pchiligidan foydalanish talab qilinadi.
38 ta xromosomali 
tur
42 ta xromosomali 
tur


151

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin