149
Ularni siz morfologik xususiyatlari asosida farqlay olasiz. Сhittaklar
oila siga mansub turlarni ham morfologik mezon asosida aniqlash mumkin
(76-rasm).
Lekin birgina morfologik mezonning o‘zi bir turni boshqa turdan farq
qilish uchun yetarli emas. Bir turga kiruvchi organizmlar ham ba’zi morfologik
belgi-xossalari bilan o‘zaro farq qiladi. Bir turga mansub erkak va urg‘ochi
jinsli organizmlar o‘rtasidagi jinsiy dimorfi zm hodisasini ko‘rish mumkin
(77-rasm). Shu bilan bir qatorda morfologik jihatdan bir-biriga juda o‘xshash,
lekin o‘zaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi.
Ular qiyofadosh turlar
deyiladi. Chunonchi, drozofi lada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda
ham 2 ta qiyofadosh turlar ma’lum. Qiyofadosh turlar suvda hamda quruqlikda
yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hatto sutemizuvchilarda ham aniqlangan.
Morfologik mezon turlarni aniqlashda uzoq vaqt asosiy va yagona o‘lchov
hisoblangan.
77-rasm.
1 – qushlarda; 2 – sutemizuvchilarda; 3 – hasharotlarda jinsiy dimorfi zm.
Fiziologik mezon
bir turga mansub individlarda hayotiy jarayonlar:
oziqlanish, nafas olish, ayirish, o‘sish, ko‘payish, rivojlanishning o‘xshashligini
aks ettiradi. Aslida har xil tur vakillari bir-biri bilan chatishmaydi, chatishsa
ham nasl bermaydi yoki nasli bepusht bo‘ladi. Turlarning chatishmasligi
jinsiy organlar tuzilishidagi farqlar, ko‘payish muddatlarining turlicha bo‘lishi
va boshqa xossalari bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim turlar, masalan,
kanareykalarning har xil turlari, terak va tollar, it va bo‘ri o‘zaro chatishishi
hamda nasl berishi mumkin. Bu o‘z-o‘zidan fi ziologik mezon ham turlarning
bir-biridan farq qilishi uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: