Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar:
polimeraza zanjir reaksiyasi, gen daktiloskopiya.
Savol va topshiriqlar:
1. O‘zbekistonda gen muhandisligi fani rivojini belgilagan omillar haqida 
gapiring.
2. O‘zbekistonda gen muhandisligi va biotexnologiya sohasida qilinayotgan 
tadqiqotlar va olingan natijalar haqida nimalar bilasiz?
3. Biotexnologiyaning yo‘nalishlarini sanang.
4. Gen va hujayra muhandisligi kelajagini qanday tasavvur qilasiz?
5. Genlar terapiyasi nima?
6. «Asos» hujayralar qanday xususiyatlarga ega?
7. Sizningcha, inson organlarini probirkalarda yangidan yaratish mumkinmi?


147
V BOB. HAYOTNING TUR VA POPULATSIYA DARAJASIDAGI 
UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR
35-§. HAYOTNING TUR VA POPULATSIYA DARAJASI.
TUR TUSHUNCHASI. TUR MEZONLARI
Siz avvalgi sinfl arda o‘simlik va hayvonlar sistematikasi bilan tanishgansiz. 
Sistematikada eng kichik birlik tur ekanligi, tur binar nomenkulaturaga binoan, 
qo‘shaloq nom bilan nomlanishidan xabardorsiz. Masalan, Gossypium 
Hirzitium g‘o‘za turi bo‘lib, muayyan belgi-xususiyatlarga egaligini bilasiz.
Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan turlar tabiatda qanday yo‘nalishlarda 
paydo bo‘lgan va rivojlangan degan masalalar sizni ham qiziqtirishi tabiiy. 
Biologiya fanining rivojlanishida juda ko‘p olimlar o‘zlarining tadqiqotlari 
bilan bu muammoni hal etishga harakat qilgan. Keyingi paragrafl arda mazkur 
olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari bilan tanishasiz. Organik olamning 
rivojlanishi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning barchasi biologiya fanining 
rivojlanishiga qo‘shilgan hissa ekanligi nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Organik 
olam juda uzoq muddat davomida tarixiy rivojlangan. Paleontologik qazilma 
qoldiqlarni o‘rganish va hozirda mavjud organizmlarning tuzilishi bilan 
taqqoslash orqali shunday xulosalar chiqarilgan. 
Shuni qayd etish kerakki, organik olam evolutsiyasi haqidagi fi krlar 
ko‘plab biolog olimlarning tadqiqotlari natijasida olingan xulosa sanaladi. 
Tur deganda morfologik, fi ziologik, etologik, genetik, biokimyoviy 
xossalari bilan o‘xshash, erkin chatishib nasl beradigan, ma’lum yashash 
sharoitiga moslashgan hamda tabiatda o‘z arealiga ega bo‘lgan organizmlardan 
iborat populatsiyalar yig‘indisi tushuniladi. 
Populatsiya shu turning boshqa populatsiyalaridan ayrim belgi va xossalari 
bilan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan tizimdir. Har bir tur tabiatda 
ma’lum maydonni ishg‘ol qiladi va bu maydon turning areali deyiladi. Odatda 
turning areali katta maydondan iborat bo‘ladi. Shu sababli tur arealining 
turli qismlarida yashash muhiti turlicha bo‘ladi. Arealning turli qismlarida 
yashovchi individlar bir turga kirsa ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan 
farq qiladi. Demak, har qanday tur bir-biridan ozmi-ko‘pmi tafovut qilgan 
individlardan tarkib topgan. Shuning uchun har qanday biologik tur politipik 
hisoblanadi. Politipik turlar bir-biridan nisbatan alohidalashgan, erkin chatishib 
nasl beradigan kenja turlar va populatsiyalardan tashkil topadi. Tor arealda 


148
yashovchi turlarga nisbatan keng arealda yashovchi turlar politipik sanaladi. 
Chunki areal qanchalik keng bo‘lsa, areal chekkalaridagi muhit o‘rtasida 
tafovut ko‘p bo‘ladi.
Tur muammosi evolutsion ta’limotda markaziy o‘rinda turadi. Tabiat-
da mavjud xilma-xil o‘simlik, hayvonlarni tizimga solishda, ya’ni klassifi -
kat siyalashda tur tushunchasi sistematik birlik sifatida qo‘llaniladi. 
«Tur» atamasini sistematik birlik sifatida fanga birinchi marta ingliz botanigi 
Djon Rey kiritgan. Tur haqida ko‘plab olimlar turlicha fi kr bildirganlar. K. Linney 
tabiatda turning real mavjudligini tan olgan, lekin tur o‘zgarmas deb hi soblagan. 
J. B. Lamark turning realligini tan olmagan holda tabiatda faqat indi vidlar mavjud 
deb hisoblagan. Ch. Darvinning fi kriga ko‘ra, tabiatda turlar pay do bo‘ladi, 
yo‘qoladi, o‘zgaradi, bir tur yangi turning paydo bo‘lishiga asos bo‘ ladi. 
Turga berilgan ta’rifning ijobiy tomoni shundaki, u o‘zaro chatishib 
ko‘payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi. 
Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo‘l bilan 
ko‘payavermaydilar. Tabiatda jinssiz yo‘l bilan ham ko‘payadigan organizmlar 
mavjud. Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab qirilib ketgan turlar bor. 
Bulardan ma’lum bo‘ladiki, barcha turlarining o‘ziga xos belgi-xossalarini 
qamrab olgan tur ta’rifi biologiya fanida hali yaratilmagan. Shuning uchun 
amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farqlashda tur mezonlaridan 
foydalaniladi. Turlar ko‘p belgilari bilan bir-birlari bilan farq qiladi. Tur uchun 
xos bo‘lgan belgi-xossalar yig‘indisi 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin