Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar:
reaktivlar, lizin, proteaza, «asos» hujayra.
Savol va topshiriqlar:
1. Gen muhandisligi yordamida farmatsevtika uchun qanday mahsulotlar 
yaratiladi?
2. Nonda oqsil miqdorini va uning to‘yimlilik darajasini oshirish uchin nima 
ishlar qilinmoqda?
3. Dori-darmonlar, vitaminlar, fermentlar olishda qanday natijalarga erishildi?


145
34-§. O‘ZBEKISTONDA GEN MUHANDISLIGI VA 
BIOTEXNOLOGIYA FANI YUTUQLARI
Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980-yil-
larning boshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. O‘z-
be kis tondagi bu tadqiqotlarning bevosita rahbari akademik A. A. Abduka rimov 
bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil 
qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen 
g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borildi. 
1992-yili Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning bu laboratoriyaga tashrifi
davomida g‘o‘za genlar muhandisligini yanada rivojlantirish va uni dunyo 
fani darajasiga ko‘tarish hamda sohaga malakali yosh kadrlarni jalb qilish va 
tayyorlash maqsadida, sohaning maqsadli moliyalashtirishga berilgan bevosita 
ko‘rsatmalari O‘zbekistonda genlar muhandisligini jadal rivojlanishiga asosiy 
turtki bo‘ldi.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan Fanlar 
akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil topishi, hukumat qarori 
bilan gen muhandisligining taraqqiyotini belgilovchi «Geninmar» ilmiy 
dasturining tasdiqlanishi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasi birgalikda Gen muhandisligi markazi – 
«Geninmar» markazining tashkil etilishi mamlakatimizda gen muhandisligiga 
asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi. 
Ushbu ilmiy markaz xodimi I. Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini 
belgilaydigan va g‘o‘zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH 
Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti biotexnologiya markazi 
olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi. Shuning bilan paxta tolasi 
sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor 
Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari gen va hujayra 
muhandisligi usullarini qo‘llab, xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar 
uchun xavfl i bo‘lgan gepatit B xastaligini tashxis qilish va bu xastalikning oldini 
olish uchun zarur vaksina yaratish bo‘yicha ilmiy loyihalarni muvaff aqiyatli 
yakunladilar.
Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Iris -
bo yevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo‘llab, 
o‘nlab xavfl i yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhandisligi tashxisi 
biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi.


146
Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining 
irsiylanish qonuniyatlari o‘rganilmoqda (B. Irisboyev, G. Hamidullayeva). 
Adliya vazirligining Sud tibbiyoti ekspertizasi instituti «Geninmar» markazi 
bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya – genning DNK 
izchilligi va genlar spektriga binoan noma’lum shaxsni aniqlash) usulini tatbiq 
etdilar va yanada takomillashtirdilar (R. S. Muhamedov va A. Ikromov).
Professor O. T. Odilova tuproq va yerosti suvlarida to‘planib qolgan pestitsid 
qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan 
shu funksiyalarini bajaruvchi genlar guruhini g‘o‘za tomiri tolachalari sathida 
yashovchi rizosfera bakteriyasiga ko‘chirib o‘tkazdi. Bu tajribalardan kutilgan 
maqsad pirovardida g‘o‘za ekiladigan maydonlarda g‘o‘zaga o‘nlab yillar 
davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig‘ini zararsizlantirishdir.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan g‘o‘zada tola sifati, erta gullash, turli 
stresslarga chidamlilikni beruvchi bir necha o‘nlab genlar ajratib olindi va 
klonlandi. Olimlarimiz tomonidan bu genlarning faolligini «genni o‘chirib» 
qo‘yish (gen-nokaut) orqali boshqarish texnologiyasi ishlab chiqilib, g‘o‘zada 
tola uzunligi va gullashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir necha genlar funksiyasi 
to‘xtatilishiga erishildi hamda yuqori agronomik ko‘rsatkichli g‘o‘za navlari 
olindi. Bu ilg‘or genom texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining barcha 
turlariga tatbiq qilish ishlari keng darajada olib borilmoqda. 
O‘zbekistonda gen muhandisligi asosida suv tanqisligi, sho‘rlanish, 
kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori 
sifatli va serhosil navlarini yaratish davr talabidir. Bu o‘z navbatida yosh 
barkamol avlod zimmasiga ushbu texnologiyalarni to‘la o‘zlashtirish va ularni 
amaliyotga tatbiq qilish ma’suliyatini yuklaydi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin