143
33-§. GEN VA HUJAYRA MUHANDISLIGIGA
ASOSLANGAN BIOTEXNOLOGIYA
Tirik mavjudotlarning hayot jarayonlarini chuqur o‘rganish natijasida kashf
etilgan bilimlardan
foydalanib, biologik makromolekulalar va organizmlar
ishtirokida yaratilgan texnologiya
biotex nologiya
deb ataladi.
Insonlar qadim zamonlardan beri biologik jarayonlardan foydalanib ongsiz
ravishda sutdan qatiq, bug‘doydan spirt, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka
tayyorlash texnologiyasidan foydalanib kelgan.
Bundan tashqari, zotdor hayvonlar yoki sifatli o‘simliklar navlarini
yaratish asosida ham hayotiy jarayonlarning insonlar tomonidan muvaff aqiyatli
boshqarilishi yotadi. Shunday biologik texnologiyalar biotexnologiyaning
birmuncha sodda ko‘rinishlari bo‘lib, ular
an’anaviy biotexnologiya
deb ataladi.
Keyinchalik biologik fanlar, xususan, biokimyo, mikrobiologiya va genetika
fanlarining rivojlanishi tufayli birmuncha murakkab bo‘lgan, o‘ta nozik va
unumli
zamonaviy biotexnologiyaga
asos solindi. Zamonaviy biotexnologiya
mikro organizmlarni sanoat miqyosida ko‘paytirib, ular biomassasidan insonlar
uchun zarur bo‘lgan moddalar –
fermentlar, gormonlar, vitaminlar olish
yo‘nalishlarida rivojlanib bormoqda.
XX asr davomida yaratilgan biotexnologiyalar asosida mikroorganizmlar
yotadi, desa to‘g‘riroq bo‘ladi. Tez ko‘payadigan,
genetik jihatdan chuqur
o‘rganilgan mikroorganizmlardan foydalanib turli xil mahsulotlar: dori-
darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa biologik faol moddalarni ishlab
chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, bakteriyalar genomiga odam oshqozon
osti bezidan olingan insulin genini kiritish orqali biologik faol va toza bo‘lgan
insulin gormonini yoki o‘sish gormoni genini kiritish bilan somatotropin
gormonini ko‘plab miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Hozirda bir qator
dunyo biotexnologik kompaniyalari shu usul orqali turli dori-darmonlarni
ishlab chiqarmoqda.
Bugungi kunga kelib, zamonaviy biotexnologik usullar bilan gen muhan-
disligi yordamida farmatsevtika uchun interferonlar, insulin, soma totropin,
gepatitga qarshi vaksina, fermentlar, klinik tadqiqotlar uchun diag nostik ashyo-
lar (narkomaniya, gepatit va boshqa bir qator yuqumli kasalliklarni aniq lash
uchun test tizimlar, biokimyoviy tekshirishlar uchun reaktivlar, egiluvchan
biologik plastmassalar, antibiotiklar) ishlab chiqariladi.
144
Olimlar aniqlashicha, nonda oqsil miqdori unchalik ko‘p emas. Shuningdek,
nonda lizin, triptofan, metionin yetishmaydi. Bu muammoni biotexnologik yo‘l
bilan oson hal qilish mumkin. Olimlar ta’kidlashlaricha, 1 t unga 150 gramm
lizin qo‘shilganda nondagi oqsil sifati keskin oshishi aniqlangan.
Umuman, biotexnologiya va sanoat mikrobiologiyasining rivojlanishi
faqat ko‘p tonnali qimmatli
oziqa ishlab chiqarishni emas, balki turli xildagi
fi ziologik faol moddalar ishlab chiqarish imkonini ham beradi. Eng katta
yutuqlar, bir tomondan, odam genomining to‘la ketma-ketligini aniqlash
tufayli qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklarni urug‘dan unib
chiqib, gullashi va meva berishigacha bo‘lgan barcha hayotiy jarayonlarni
boshqaradigan taxminan 25 ming genlarning aniqlanishi sabab erishildi.
Gen muhandisligida keyingi paytlarda qo‘lga kiritilgan yutuqlardan yana
biri insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni
kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu
genlar terapiyasi
deb yuritiladi.
Hujayra muhandisligi bemor a’zosidan bitta sog‘lom hujayrani ajratib
olib, uni sun’iy oziqa muhitlarida o‘stirish orqali ma’lum to‘qimaga xos
hujayralar to‘plamini olish va bu hujayralar to‘plamini butun bir yaxlit a’zoga-
cha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik shu yangi organ bemor tanasiga
ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu «yangi» organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi.
1998-yil amerikalik olim J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl.
stem cells)
«yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu
yo‘nalishi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. «Asos» hujayralar
shunday hujayralarki, ular embrional hujayralarga o‘xshagan, hali u qadar
takomillashmagan hujayralar to‘plamidan iborat bo‘lib, sun’iy muhitda o‘sish
va har qanday to‘qimagacha rivojlanish qobiliyatiga ega. Endigi vazifa olingan
to‘qimalardan foydalanib, faoliyati va shakli bo‘yicha tabiiy organlarga
o‘xshash bo‘lgan «yangi» tana a’zolarini yaratishdir. Aminmizki, hozirgi
o‘quvchilar biotexnologiyaning barcha yo‘nalishlari qatorida bu yo‘nalishni
ham rivojlantirishda ishtirok etadilar va ona Vatanimizning dunyo fanida
tutgan o‘rnini yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‘tara oladilar.
Dostları ilə paylaş: