Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida qarashlar. Tabiat haqida qa- dimgi Yunoniston va Rimdagi tasavvurlar. Qadimgi Yunonistonda tabiat -
shunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramiz-
gacha bo‘lgan 384–322-yillar) hayvonlar klassifi katsiyasining asosini tuzgan,
solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fi krlarni bayon etgan
hamda organlar korrelatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risida
ba’zi fi krlarni ilgari surgan. Uning fi kricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan
rivojlanadi. Aristotel – hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda
hayvonot olamining klassifi katsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni tasnif-
lash da ularning ayrim xossalariga emas, balki ko‘p belgilariga e’tibor berish
kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga – «qonlilar»
va «qonsizlar»ga bo‘lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz»
hayvonlarga to‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristo-
telning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinfl ariga to‘g‘ri
keladi. Olimning uqtirishicha, meduza, aktiniya, bulutlar tuzilishi jihatidan bir
tomondan hayvonlarga, ikkinchi tomondan o‘simliklarga o‘xshash. Shuning
uchun ularni Aristotel «zoofi tlar» deb atagan. «Hayvonlarning paydo bo‘lishi»
asarida uqtirilishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi. U oldin zoofi tlar,
keyin umuman hayvonlar, so‘ng o‘z turiga xos tuzilishga va nihoyat shaxsiy
xossalarga ega bo‘ladi. Uning fi kricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki
organlar o‘zaro o‘xshash va bir xil joylashgan.
Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast o‘simliklarning 400 dan ortiq
turini o‘rgangan. Ularning tuzilishini, fi ziologiyasini, amaliy ahamiyatini tas-
vir lab bergan. U bir o‘simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin degan fi krni
quvvatlagan.
Rim olimi Lukretsiy Kar (er.av. 99–55) olam o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan,
hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari,
keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini
himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo‘lgan deb hisoblagan. Klavdiy
Galen (130–200) tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan. U qo‘y, it, ayiq va
boshqa umurtqali hayvonlar tuzilishini o‘rgangan. Maymun va odam tana
tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan.