154
Individlar sonining ortishi ular orasida kasalliklarning tarqalishiga va individlar
sonining kamayishiga sabab bo‘ladi. Populatsiya
tarkibidagi organizmlarning
son jihatdan ortib ketishi yoki nihoyatda kamayib ketishi
populatsiya to‘lqini
deb
ataladi (80-rasm).
Populatsiya to‘lqini harorat, namlik, yorug‘likning mavsumiy o‘zga rishi,
oziq miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi, tabiiy ofatlar tufayli yuz berishi
mumkin. Populatsiya to‘lqini natijasida ayrim individlar soni ortishi, ba’zilari
sonini kamayishi kuzatiladi. Halok bo‘lgan individlardagi
genlar va ularga mos
belgilar populatsiya doirasida yo‘qolib boradi. Yashab qolgan individlarning
genofondi saqlanib qoladi. Bunday voqealarning
tez-tez takrorlanishi
populatsiya genofondining o‘zgari shiga sabab bo‘ladi.
Alohidalanish.
Tabiatda populatsiyalarning aralashib ketishiga geog rafi k,
biologik, ekologik va boshqa alohi dalanishlar toʻsqinlik qiladi. Alo hidalanish
har xil populatsiyalar individlarining qisman yoki to‘liq cha tishmasligidir.
Populatsiyalar orasida genlar oqimi bo‘lib
turganda, ularda genetik farqlar
to‘plan maydi. Alohidalanish esa irsiy axborot almashinuvini to‘xtatadi va
populatsiyani yangi mustaqil gene tik tuzilmaga aylan tiradi. Alohi dalanishning
bir qancha turlari farq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: