153
nisbatini taqqoslash yo‘li bilan populatsiya genofondining o‘zgargan yoki
o‘zgarmaganligi haqida mulohaza yuritiladi.
Genlar dreyfi
– genetik-avtomatik jarayonlar –
bir necha avlodlar
davomida gen allellarining populatsiyada uchrash ehtimolining tasodifi y
oʻzgarishi, ya’ni populatsiyalardagi individlar orasida tasodifi y kombinativ
o‘zgaruvchanlikning yuzaga kelishidir. Kichik populatsiyada ayrim individlar
o‘zining genotipidan qat’i nazar, tasodifi y sabablarga ko‘ra avlod qoldirishi
yoki qoldirmasligi mumkin. Ko‘payish davrida hosil bo‘ladigan gametalarning
hammasi ham zigota hosil qilishda ishtirok etmasligi
orqali bu hodisaning
mexanizmini tushunish mumkin. Bu esa populatsiyada u yoki bu allellarning
uchrash chastotasi (takrorlanish tezligi)ni o‘zgartiradi. Tasodifi y ravishda
genlar chastotalarining oʻzgarishi tufayli ayrim
allellarning saqlanib qolishi,
boshqasining yoʻqolishi roʻy beradi. Genlarning tasodifi y dreyfi natijasida,
bir xil sharoitda yashayotgan, genetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan populatsiyalar
asta-sekin o‘zining ayrim allellarini yo‘qotib boradi va populatsiyaning genetik
strukturasi o‘zgaradi. Genlar dreyfi amerikalik genetik S.
Rayt tomonidan
o‘rganilgan. U bir necha oziqli probirkaga A geni bo‘yicha geterozigota bo‘lgan
ikkitadan erkak va urg‘ochi drozofi lalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida
kuzatish o‘tkazdi. Bir necha bo‘g‘indan so‘ng probirkalardagi drozofi lalar
tekshirilganda, ba’zi populatsiyada faqat mutant gomozigota borligi, boshqa
populatsiya tarkibida
u tamoman uchramasligi, uchinchilarida esa dominant
hamda retsessiv allel formalar borligi aniqlandi. Demak, genlar dreyfi
populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladi. Genlar dreyfi tabiiy ofatlar
(oʻrmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunandalarning
keng tarqalishi
va boshqa hodisalar natijasida populatsiya individlari soni keskin kamayib
ketganida aniq namoyon boʻladi.
Dostları ilə paylaş: