158
sohalardagi faoliyatni, tabiat hodisalarini tasvirlovchi
kitoblar juda qadimdan
mavjud bo‘lgan. Chunonchi,
Ahmad ibn Nasr Jayxoniy
(870–912) Hindiston,
Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli
ma’lumotlar to‘plagan. U o‘simlik va hayvonlarning tarqalishi,
mahalliy
xalqlar foydalanadigan o‘simlik va hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati
haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Abu Nasr Farobiy
(873–950) bota ni ka,
zoologiya,
odam anatomiyasi va tabiatshunos likning boshqa
sohalarida mushohada yuritgan
.
U inson organizmi yaxlit
sistema ekanligini, turli kasalliklar oziqlanish tartibining
o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bergan (81-rasm).
Farobiy inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib
chiqqanligi, shu sababli odamda, hay vonlarda ba’zi
o‘xshashliklar saqlanib qol ganligi haqidagi fi krni ilgari
surgan. U tabiiy tanlanish, sun’iy tanlashni e’tirof etgan.
O‘rta asrlardagi tabiat
fani rivojiga Beruniy va
ibn Sino katta hissa qo‘shganlar.
Abu Rayhon Beruniy
(973–1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan:
bo‘sh liq, havo, olov, suv va tuproqdan
hosil bo‘lgan
.
Beruniy qadimgi yunon olimi Ptolomeyning «Yer olam-
ning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyo ra-
dir», – degan ta’limotiga tanqidiy ko‘z
bilan qaragan
va Yer Quyosh atrofi da harakatlansa ajab emas, u
yuma loq shaklda, deb ta’kidlagan. Binobarin, Beruniy
polyak astronomi Kopernikdan 500
yil avval Quyosh
sistemasining tuzilish asoslarini to‘g‘ri tasavvur qilgan.
Uning fi kricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir
bo‘lib turadi: suvsiz joylarda asta-sekin daryolar,
dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini
o‘zgartiradi (82-rasm).
Beruniyning qayd qilishicha,
Yer yuzida hayvonlar, o‘simliklar rivojlanishi
uchun sharoit cheklangan. Shu sababdan tirik mavjudotlar orasida yashash
uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining mohiyatini tashkil etadi.
«Agar atrofdagi tabiat o‘simlik va hayvonlar biror turining urchishiga
monelik ko‘rsatmaganda edi, – deb ta’kidlaydi olim, – bu tur butun Yer
yuzasini egallagan bo‘lardi. Biroq bunday urchishga
boshqa organizmlar
Dostları ilə paylaş: