128
Transformatsiya.
Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har
qanday bo‘lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi
tarkibiga birikish
hodisasiga «transformatsiya» deb ataladi.
Pnevmokokklardagi transformatsiya hodisasi 1928-yili ingliz bakteriologi
F. Griffi
t tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi pnevmokokklarning ikki xil –
S- va R-shtammlari ustida o‘tkazilgan. Pnevmokokk bakteriyasining S-shtammi
maxsus qo‘shimcha kapsulaga ega bo‘lib, sirti silliq, R-shtammda esa kapsula
bo‘lmaydi va sirti g‘adir-budur (S – inglizcha
smooth –
silliq, R – inglizcha
rough –
g‘adir-budur). S-shtamm bakteriyaning kapsulasi
sichqon organizmi immun
sistemasi ta’sirini o‘tkazmaganligi sababli, u kasallik qo‘zg‘atuvchi bo‘lib,
sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o‘ladi.
R-shtamm esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtammlar bilan
yuqtirilgan sichqonlar nobud bo‘lmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi S-shtamm
qizdirilganda ular o‘ladi va o‘ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga yuborilganda
sichqonlarda kasallik paydo bo‘lmaydi. Sichqonlarga
qizdirish natijasida
o‘lgan bakteriyalar S-shtammi bilan kasallik qo‘zg‘atmaydigan R-shtammga
kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qo‘shib yuqtirilganda sichqonlarning
o‘lishi kuzatilgan. O‘lgan sichqonlarda bakteriyalarning S-shtammi topilgan.
Bu hodisaning mohiyati 66-rasmda ifodalangan.
S-shtamm
pnevmokokk bak-
teriya
hujayralarini parchalash
yo‘li
bilan ajratilgan hujayra-
siz ekstrakt olish.
S-shtamm pnevmokokk bak-
teriya hujayralarini parchalash
yo‘li bilan ajratilgan hujayra-
siz
ekstraktni R-shtamm bilan
aralashtirib, R-shtammni
S-shtammga
transformatsiya
qilish.
Dostları ilə paylaş: