Страница | 14
30. Dumg’aza, os sacrum; o’ngdan
ko’rinishi.
31. Dumg’aza, os sacrum; o’ngdan ko’rinishi. (ko’ndalangiga
o’rtasidan arralangan)
Dumg’azaning
dorsal yuzasi, facies
dorsalis sacri (ras.29) uzunasiga qavariq
bo’lib, yuzasi notekkis bo’ladi. Bu yuzada
beshta yonma-yon joylashgan,
yuqoridan
pastga tomon yo’naluvchi, qirralar bo’lib
ular o’tkir, ko’ndalang va bo’g’im
o’simtalarini bir biriga brikishidan hosil
bo’ladi.
Dumg’azaning o’rta qirrasi, crista sacralis
mediana, ta bo’lib dumg’aza o’tkir
o’simtalarining qo’shilishi natijasida paydo
bo’ladi, ba’za ular qo’shilib umumiy bitta
qirrani hosil qiladi. Dumg’aza o’rta
qirrasiniing har niriga parallel holatda ikki
yon tomonda dumg’azaning
oraliq qirrasi,
crista sacralis intermedia, joylashgan.bu
qirralar yuqorigi va pastki bo’g’im
o’simtalarining
qo’shilishidan
hosil
bo’ladi. Bu qirralardan ham tashqarida
yaxshi
rivojlangan
ko’ndalang
o’simtalarning
qo’shilishidan
hosil
bo’luvchi qirra – dumg’azaning lateral
qirrasi,
crista sacralis lateralis
, bor. Oraliq
va lateral qirralar orasida orqa dumg’aza
teshiklari,
foramina sacralia posterior
joylashib oldingi dumg’aza teshigidan
kichikroq bo’ladi (undan dumg’azaning
orqa nervlari o’tadi.). Butun dumg’aza
bo’ylab egilgan, yuqorisi kengaygan va
pastki qismi torayib boruvchi dumg’aza
kanali,
canalis sacralis,
o’tadi.
Bu kanal
umurtqa kanalining bevosita davomidir.
Dumg’aza kanali dumg’aza teshiklari bilan
dumg’aza ichida joylashgan umurtqalararo
teshiklar,
foramina interalia,
orqali a’loqa
qiladi. (ras.31)
Dumg’aza asosi
, basis ossis sacri
,
(ras.28-33) ko’ndalang- ovalsimon shakilda
bo’lib, V bel umurtqasi bilan brkiruvchi
chuqurroq yuzaga ega. Dumg’aza asosining
oldingi tomoni
beshinchi bel umurtqasi
bilan brikib chanoq bo’shlig’iga chiqib
turuvchi bo’rtiq – burun,
promontorium
,
hosil qiladi.(ras.7). dumg’aza asosining
orqa tomonidan I bumg’aza umurtqasining
yuqorigi bo’g’im o’simtalari,
processus
articulares superiors
, o’sib chiqadi. Bu
o’simtalaning bo’g’im
yuzalari,
facies
articulares,
orqa, medial tomonga yonalgan
bo’lib V bel umurtqasining pastki bo’g’im
o’simtalari bilan brikadi. Dumg’aza
asosining orqa qismi (ravog’i) va undan
chiquvchi yuqorigi bo’g’im o’simtasi
dumg’aza kanalini orqadan chegaralab
turadi.
Dumg’aza cho’qqisi,
apex ossis sacri
,
ingichka, to’mtoq bo’lib
uncha kata
bo’lmagan dum suyagining yuqorigi qismi
brikuvchi ovalsimon maydonga ega.
Страница | 15
Bu ovalsimon maydon dum suyagi bilan
brikib
dumg’aza-dum
bo’g’imi,
articulation sacrococcygea
(ras24), ni hosil
qiladi va u yoshlarda ayniqsa ayollarda aniq
ko’rinadi. Dumg’aza cho’qqisining orqa
yuzasida ohitgi oraliq o’simtalar pastga
qarab yo’nalgan bo’lib – dumg’aza
shoxlarini,
cornua sacralia
, ni hosil qiladi.
Dumg’aza cho’qqisining orqa yuzasi va
dumg’aza shoxlari dumg’aza
kanalini
chiqish joyi – dumg’aza yorig’i, hiatus
sacralis,
ni
chegaralab
turadi.
Dumg’azaning yuqorigi tashqi qismi –
lateral qismi,
pars lateralis
, dumg’aza
umurtqalari ko’ndalang o’simtalarining
qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: