ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
KO’KRAK QAFASI SUYAKLARI Qovurg’a Qovurg’a , costae (ras.36-39) 12 juft, -
ingichka, har xil uzunlikdagi egilgan suyak
plastinkasidan
iborat
bo’lib
umurtqa
pog’onasining
yonboshida
simmetrik
joylashgan.
Har bir qovurg’ada uzun suyak qismi, os
costale, kalta tog’ay- qovurg’a tog’ayi,
cartilage costalis, va ikki yakuniy qismi bo’ib
ularning biri to’shga, ikkinchisi umurtqa
pog’onasiga qaragan bo’ladi.
Qovur’aning suyak qismi boshcha, bo’yin va
tanaga ega. Qovurg’a boshchasi,
caput costae ,
uning umurtqa tomondagi uchida joylashgan.
Unda bo’g’im yuzasi- qovurg’a boshchasining
bo’g’im yuzasi
, facies articularis capitis costae , bor. Bu yuza II-X qovurg’alarda
gorizontal o’tuvchi qovurg’a boshchasining
qirrasi
, crista copitis costae , bilan yuqorigi
kchikroq va pastki kattaroq qisimlarga
bo’linadi. Bu yuzalar umurtqalar orasidagi
bo’g’im chuqurchalari bilan brikadi.
Qovurg’a bo’yinchasi, collum costae, -
qovurg’aning ingichka tumoloqlangan qismi
bo’lib
yuqorigi
qismida
qovurg’a
bo’yinchasining qirrasi,
crista colli costae , (I va
XII qovurg’ada yo’q) joylashgan.
10 yuqorigi juftlik bo’yinchasini tanasiga
o’tish chegarasida uncha katta bo’lmagan
do’ngcha, tuberculum costae, bor bo’lib unda
umurtqa ko’ndalang o’simtalarining bo’g’im
yuzasi bilan brikuvchi-qovurg’a do’ngining
bo’g’im yuzasi,
facies articularis tuberculi costae , joylashgan. Qovurg’a bo’yinchasini
orqa yuzasi va ko’ndalang o’simtaning orasida
qovurg’a-
ko’ndalang
teshigi,
foramen costotransversarum, hosil bo’ladi.(ras.44)
Umurtqa tanasi,
corpus costae , qovurg’a
do’ngchasidan to uni to’sh suyagigacha bo’lgan
oraliqda joylashgan bo’lib qovurg’aning eng
uzun qismini tashkil qiladi. Qovurg’a
do’mboqchasi dan sal o’tib qovurg’a tanasi
kuchli egilib qovurg’a burchagi,
angulus costae, ni hosil qilad. I qovurg’ada (ras.36) bu
burchak qovurg’a do’mboqchasi yonida hosil
bo’lib XI qovurg’aga tomon ular orasidagi
masofa kengayib boradi (XII qovurg’ada
burchak hosil bo’lmaydi). Qovurg’a tanasi
butun yo’nalishi bo’ylab egilgan bo’ladi. Bu
esa qovurg’ada ikkita, tashqi-do’ngroq, ichki-
botiqroq yuzalarini ajiratishga imkon beradi.
Qovurg’a tanasida ikkita tomon yuqorigi-
yumaloroq, pastki-o’tkirroq qisimlari bor.
Pastki tomonining ichki yuzasidan qovurg’a
egatchasi, sulcus costae, joylshgan bo’lib
(ras.37) bu egatchada qovurg’alararo arteriya,
vena va nervlar o’tadi.
Qovurg’a tanasining to’sh tomonidagi qismi
qovurg’a tog’ayi bilan brikuvchi chuqurroq,
yuzasi notekis bo’lgan yuzaga ega.
Qovurg’a tog’ayi,
cartilagines costales (ular
xam 12 juft) qovurg’a tanasining davomi
hisoblanadi. I dan VII qovurg’agacha ular
uzunlashib boradi va to’sh suyagi bilan
bevosita brikadi. Yuqorigi 7 juftlik - chin
qovurg’a,
costae verae , pastki 5 juftlik – soxta
qovurg’a,
costae spuriae, va oxirgi XI, XII
qovrg’alar - tebranuvchi qovurg’a,
costae fluitantes, deb ataladi. VIII, IX, X qovurg’alar
to’sh suyagi bilan bevosita brikmaydi, lekin har
biri o’zidan yuqorisidagi qovurg’a bilan
brikadi. XI va XII qovurg’alar( bazan X) to’sh
suyagiga yetib bormaydi va o’zining tog’ayi
bilan qorin devori muskullari orasida erkin
yotadi. Bir qancha hususiyatlariga ko’ra
birinchi
va
oxirgi
ikki
qavurg’alar
boshqalaridan
ajiralib
turadi.
Birinchi
qovurg’a, costa prima, (I) (ras.36, A) kalta,
lekin boshqalardan kengroq bo’lib deyarli
gorizontal
joylashganligi
uchun
boshqa
qovurg’alarning tashqi va ichki yuzalari unda
yuqorigi va pastki yuzalar deb ataladi.
Qovurg’a yuqorigi yuzasining oldingi qismida
oldingi
narvonsimon
muskulning
do’mboqchasi,
tuberculum m. scalene anterioris (shu nomli muskul brikadigan joy).
Do’mboqchadan orqa va tashqariroqdauncha
chuqur bo’lmagan egatcha - o’mrov osti
arteriyasining egatchasi,
sulcus a. subclaviae, (bu yrda osha nomli arteriya, a.subclaviae
yotadi.) bu egatchadan orqaroqda kichikroq
g’adir-budur joy (o’rta narvonsimon muskul,
m.scalenus
medius)
ning
brikish
joyi
joylashgan. G’adir-budurlikning ichkari va
oldingi qismida yaxshi ko’rinmaydigan
o’mrovosti venasining egatchasi,
silcus v. subclaviae, joylashadi.
I
qovurg’a
boshchasining bo’g’im yuzasi qirra bilan ikkiga
bo’linmagan, bo’yinchasi uzun va ingichka
bo’lib,
qovurg’a
burchagi
qovurg’a
do’ngcha(bo’rtiqcha)siga yaqin joylashgan
bo’ladi.
Ikkinchi qovurg’a,
costa secunda (II) (ras.36)
tashqi
yuzasida
notekislik
–
oldingi
narvonsimon muskulning g’adir buduri,
tuberositas m.serrati anterioris (aytib o’tilgan
muskulning tishi brikuvchi joy) joylashgan.
O’n bir va o’n ikkinchi qovurg’alar,
costa XI et costa XII (ras.39) boshcha yuzasi qirra bilan
bo’linmagan bo’lib XI qovurg’ada burchak,
bo’yincha,
bo’rtiqcha
va
qovurg’a
do’mboqchasi sust rivijlangan, XII qovurg’ada
esa ular mavjud emas.