40. To’sh, sternum; oldindan ko’rinishi. 41. To’sh, sternum; o’ngdan ko’rinish. Qilichsimon o’simta, processus xiphoideus, -
to’shning eng kalta bo’lagi bo’lib har xil shakl
va kattalikda bo’ladi. Choqqisi ikkiga bo’lingan
yoki unda teshik joylashgan bo’ladi. O’tkir yoki
o’tmas cho’qqisi oldinga yoki orqaga qaragan
bo’ladi. Qilichsimon o’simtaning yuqorigi
yonbosh qismida to’liq bo’lmagan o’yma, VII
qovurg’a to’g’ayining brikish joyi mavjud.
Qilichsimon o’simta to’sh tanasi bilan
qilichsimon
o’simtaning
sinxondrozi,
synchondrosis xiphosternalis, hosil
qiladi.(ras.235). yosh o’tgan sari qilichsimon
o’simta suyaklanib borib tosh tanasiga qo’shilib
ketadi.
Ba’zi hollarda to’sh dastasining tepasida
tilosti
suyagining
ostidagi
muskullar
gruppasining kengligi bo’ylab yoki to’sh
o’mrov so’rg’ichsimon muskulining medial
oyoqchasida, 1-3 ta to’shusti suyaklari, ossa
subrasternalia, joylashib ular to’sh dastasi bilan
brikkan bo’ladi.
KO’KRAK QAFASI. Ko’krak qafasi, compages thoracis(ras.42-45),
umurtqa
po’onasining
ko’krak
qismi,
qovurg’alar (12 juft) va to’sh suyagidan tashkil
topgan.
Ko’krak qafasi – ko’krak bo’shlig’i, cavitas
thoracis, ni hosil qilib u keng asosi pastga,
toraygan
qismi
esa
yuqoriga
qaragan
konussimon tuzilishga ega. Ko’krak qafasida
ko’krak bo’shlig’ini chegaralovchi oldingi,
orqa va yonbosh devorlari hamda yuqorigi va
pastki teshiklari mavjud. Oldingi devor
boshqalaridan qisqaroq bo’lib to’sh va
qovurg’alar tog’ayidan iborat. U qiyshi
joylashgan bo’lib pastki qismi yuqorigi qismiga
nisbatan oldinga chiqqan bo’ladi. Orqa devor
oldingiga nisbatan uzun bo’lib ko’krak
umutqalari va qovurg’a boshchasidan to uni
burchagigacha bo’lgan qisimlarni o’z ichiga
oladi va u deyarli vertikal joylashadi.
Ko’krak qafasi orqa devorining tashqi
yuzasida, ikki tomonda umurtqalar o’tkir
o’sig’i va qovurg’a burchagi orasida ikkita
tarnov – orqa egatchalar; hosil bo’lib bu yerda