Страница | 23
miya bo’shlig’ini
, cavitas cranii
, hosil qiluvchi
kalla
suyaklari va yuz suyaklari,
ossa faciei
,
dan tashkil topgan. Bosh suyagi, bosh miya va
bir qancha sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish va
hid sezish) ni ximoyalagan holda saqlaydi.
Yuz suyaklari (bosh suyagining yuz qismi)
yuzning
asosini tashkil etib, hazim va nafas
sistemasining boshlang’ich qismini hosil qiladi.
Bosh suyagining ikkala
qismi ham alohida
suyaklardan iborat bo’lib, bu suyaklar bir biri
bilan
harakatsiz choklar, suturae, va tog’ay
brikishlar, synchondroses, orqali brikadi. Pastki
jag’
suyagi
ulardan
farqli
ravishda
chakkapastkijag’
bo’g’imi,
articulatio
temporomandibularis,
orqali
harakatchan
brikadi.
Kalla suyaklari embrional rivojlanishiga ko’ra
toq suyaklar: ensa, ponasimon, peshona,
47. Bosh suyagi, cranium: oldindan
ko’rinishi (yarimsxematik)
g’alvirsimon, dimog’ va juft suyaklar: chakka,
tepa, pastki burun chg’anog’i, ko’z yosh, burun
suyaklariga bo’linadi.
Yuz suyaklaridan juft suyaklar: yuqorigi jag’,
tanglay, yanoq va toq suyaklar: pastki jag’,
tilosti suyagi. Tilosti suyagi garchi bo’yinda
joylashgan bo’lsa
ham bosh suyagining yuz
suyaklari bilan rivojlanadi va ular bilan qo’shib
yoziladi.