ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
Pastki tugash suyaklari Pastki tugash suyaklari (ras. 215; ras. 207, 213,
214) tog’a sifatida rivojlanadi. Chanoq suyagi,
os coxae, uchta birlamchi suyaklanish nuqtalari
va bir nechta (8 tagacha) qo’shimcha
nuqtalardan
rivojlanadi.
Birinchi
nuqta
yonbosh suyagi,
os ileum, da – xomilaning 3
oylikda, o’tirg’ich suyagi,
os ischii, da – 4 –
oyda va qov suyagi,
os pubis, da – 5 – oyda
hosil bo’ladi.
Ko’st kosasi soxasida uchchala suyak bir-biri
bilan tog’ay qavati orqali brikkan bo’lib, 16 -
18 yoshda qo’shimcha suyaklanish nuqtasi
hosil bo’lishi tufayli bir-biriga qo’shilib ketadi.
Bu nuqtalar chqurliklar, bo’rtmalar, suyakning
alohida qirg’oqlarida ham hosil bo’ladi. Barcha
nuqtalarning qo’shilishi 20 -25 yoshda sodir
bo’ladi.
Butun chanoq bir qancha shakil va o’lcham
o’zgarishlariga uchraydi. Jinsiy farqlar 8 – 10
yoshda hosil bo’ladi. Bolalarda chanoqning
vertikal o’lchami, qizlarda esa – ko’ndalang va
oldindan orqaga tomon o’tgan o’lcham kattaroq
bo’ladi.
Son suyagi,
os femoris, 5 ta suyaklanish
nuqtasidan rivojlanib, ularning bittasi birlamchi
qolgan 4 tasi esa ikkilamchidir. Birlamchi nuqta
xomilaning 2 – oyida hosil bo’ladi; undan
suyak tanasi shakillanadi. Ikkilamchi nuqtalar
turli vaqtda paydo bo’ladi; xomiladorlikning
oxirlarida – son pastki epifizining suyaklanish
nuqtasi, 1 – yoshning ohiri va 2 – yoshning
boshlarida
– son yuqorigi epifizining
suyaklanish nuqtasi, 3 – yoshda katta ko’st
tog’ayida, 8 – yoshda son suyagi kichik
ko’stining tog’ayida suyaklanish nuqtalari
paydo bo’ladi. Yuqorigi epifiz va ko’stlarning
suyak murtaklarini son suyagi diafizi bilan
qo’shilishi 16 – 20 yoshda amalga oshadi.
Tizza qopqog’i,
patella, qizlarda 2 – yoshda
bolalarda esa 4 – yoshda hosil bo’luvchi bitta
suyaklanish
nuqtasidan,
tog’ay
asosida
rivojlanadi; suyaklanish jarayoni 16 – 20
yoshda yakunlanadi.
Katta boldir suyagi,
tibia, tog’ay murtaklari
ichida hosi bo’luvchi to’rtta suyaklanish
nuqtalari: xomiladorlikning 2 – oyligida hosil
bo’luvchi bitta birlamchi va xomiladorlikning 9
– oyligida proksimal epifizda, 1 – yoshda pastki
epifizda hamda 18 – yoshda katta boldir suyagi
g’adir-budirligida hosil bo’luvchi uchta
ikkilamchi
suyaklanish
nuqtalaridan
rivojlanadi. Suyak epifiz va apofizining diafiz
bilan qo’shilishi turli yoshlarda – 16 – 18 dan
20 – 24 yoshgacha sodir bo’ladi.
Kichik boldir suyagi,
fibula, 3 ta suyaklanish
nuqtalari: xomilaning 2 –oyligida hosil
bo’luvchi bitta birlamchi (undan tana va epifiz
qismlari hosil bo’ladi) va bola hayotining 1 –
yilida pastki, 3 – 5 yoshlida yuqorigi epifizda
hosil bo’luvchi ikkita ikkilamchi suyaklanish
nuqtalaridan rivojlanadi. Yagi epifizlarining
diafiz bilan qo’shilishi turli yoshlarda pastki
epifiz 17 – 20, yuqorigi esa – 19 – 21 sodir
bo’ladi.
Oyoqning kaftusti suyaklari,
ossa tarsi, quyidagi tartibda rivojlanadi: oshiq suyagi,
talus, xomiladorlikning ohirgi oylarida hosil
bo’luvchi
bitta
suyaklanish
nuqtasidan
rivojlanib; suyaklanish jarayoni 8 yoshda
yakunlanadi.
Tovon suyagi,
calcaneus, ikkita suyaklanish
nuqtasi: xomilaning 6 – oyligida hosil
bo’luvchi bitta birlamchi va 9 yoshda hosil
bo’luvchi ikkilamchi suyaklanish nuqtalaridan
rivojlanadi. Ikkilamchi suyaklanish nuqtasidan
tovon suyagining do’mbog’i hosil bo’ladi.
Suyak qismlarining qo’shilishi 16 – 18 yoshda
yakunlanadi.
Qayiqsimon suyak,
os naviculare, hayotning
3 – 5 yillarida hosil bo’luvchi bitta suyaklanish
nuqtasidan rivojlanadi.
Ponasimon suyaklar,
ossa cuneiformia, har
biri
alohida
suyaklanish
nuqtalaridan
rivojlanadi: III ponasimon suyak 1 – yosh
ohiridam II 3 – yoshda va I esa 3 – 4 yoshda
suyaklanadi.
Kubsimon suyak,
os cuboideum, ko’p
holarda xomiladorlik vaqtida, kamdan-kam
hollarda esa bola hayotining 3 – 6 oyligida hosil
bo’luvchi
bitta
suyaklanish
nuqtasidan
rivojlanadi.
Oyoq kaft suyakllari,
ossa metatarsialia, 5
tabo’lib, ularning har biri ikkita suyaklanish
nuqtalari – birlamchi va ikkilamchi, rivojlanadi.
Birlamchi nuqta dastlab II – V suyaklarda, I
suyakda xomiladorlikning 3 – oy oxirida paydo
bo’ladi. Ikkilamchi suyaklanish nuqtalari 4 –
yoshda hosil bo’lib, suay barcha qismlarining
qo’shilishi qizlarda 17 yoshda bolalarda esa 20
yoshda sodir bo’ladi.
Falangalar,
phalanges, ikkita suyaklanish
nuqtasi: xomilaning 3 – oyligidan 9 –
oyligigacha hosil bo’luvchi birlamchi va 4
yoshda hosil bo’luvchi ikkilamchu suyaklanish
nuqtalaridan rivojlanadi. Falanga qismlarining
qo’shilishi 15 dan 20 yoshgacha davom etadi.
Страница | 121
Страница | 122
Suyaklarning brikishi ikki guruhga bo’linadi:
fibroz brikishlar,
articulationes fibrosae, va
sinovial briklmalar. Fibroz va sinovial
brikishlar skelet sistemasida turli darajada
xarakatchanlikka ega bo’lib, bir-biridan u yoki
bu turdagi mexanik yuklamani ushlab turishga
ko’ra farqlanadi.
FIBROZ BRIKMALAR
Fibroz brikishlar,
articulationes fibrosae, (ras.
216), suyaklarni turli ko’rinishdagi briktiruvchi
to’qimalar: zich, briktiruvchi tog’ay yoki suyak
to’qimasi orqali uzluksiz brikishidir.
Zich briktiruvchi to’qima orqali yuzaga
kelgan
fibroz
brikmalarga
sindesmozlar,
choklar va qoqmalar (qoziq sifatida kirib
turuvchi) kiradi.