215. Epifizar tog’aylar (rentgenogramma). (12 yoshli bolaning o’ng tizza bo’g’imi) 1 – son diafizi; 2 – tizza qopqog’i; 3 – epifizar tog’ay soxasi; 4 – sonning distal epifizi; 5 – katta boldir suyagining proksimal epifizi; 6 – epifizar tog’ay soxasi; 7 – katta boldir suyagining diafizi; 8 – kichik boldir suyagining proksimal epifizi; 9 – kichik boldir suyagining diafizi. releyfi sezilarli darajada o’zgaradi. Ikkinchi
davr 7 yoshdan 14 yoshgacha - davom etib bu
davrda kalla qutusining o’lcham va shaklining
o’zgarishi birinchi davrga qaraganda sust
bo’ladi, ammon bu davrda chuqurchalar,
so’rg’ichsimon o’simta, ko’z kosasi va burun
bo’shlig’i sezilarli darajada kattalashadi.
Uchinchi davr jinsiy yetilishdan 25 yoshgacha
bo’lgan oraliqni egallaydi. Bu davrda peshona
qismlari shakillanib, yanoq yoylari sezilarli
kattalashadi, peshona do’mboqlari ko’proq
oldinga qarab chiqadi. To’rtinchi davrda – 25
yoshdan
45
yoshgacha
– choklarning
suyaklanishi sodir bo’ladi. Kuzatishlar shuni
ko’rsatdiki
o’qsimon
chokning
erta
suyaklanishi kalta, tojsimon chokniki esa –
uzun kalla shakillanishiga olib keladi.
Beshinchi davr – 45 yosh va undan keyingi
yoshlarni o’z ichiga olib – yuz suyaklari
so’ngra miya suyaklarining atrofiyalanishi,
tishlar soninig asta – sekin kamayib borishi jag’
shaklini o’zgarishiga olib keladi: alveolyar
qismlar va o’simtalar tekislashadi, pastki jag’
burchagi kattalashadi, yuz skletlari o’lcham
jihatidan kichiklashadi.
QO’SHIMCHA SKELET Tugash
(qo’l
oyoqlar)
suyaklarining
rivojlanishi xomilaning 6 – haftaligidan
boshlanadi. Tugash suyaklarining murtagi
skletogen mezenximaning to’planishidan hosil
bo’lib, shu haftaning oxirlarida katta suyaklar
farqlana boshlaydi. 7 – hafta davomida
ko’pgina kichik suyaklarning murtaklari
shakillanadi, 8 – haftada esa tog’ay murtaklar
hosil bo’ladi.
8 – hafta ichida uzun suyaklarda birlamchi
suyaklanish nuqtalari paydo bo’ladi. Bu vaqt
davomida
sklet
suyaklarining
erta
suyaklanuvchi suyaklaridan bo’lmish, o’mrov
suyagi suyaklanib bo’ladi. 9 – haftaning
boshida yuqorigi va pastki tugash suyaklarinig
kamarlarida suyaklanish nuqtalari hosil bo’ladi.