Страница | 127
disklarning oldingi
tomoni orqa tomoniga
nisbaran
yo’g’onroq
bo’ladi.
Umurtqa
pog’onasi ko’krak soxasining o’rta qismlarida
disklar yuqori va pastki qismlarga nisbatan
yupqa bo’ladi. Tog’ay
qism umurtqa
pog’onasining umumiy uzunligini chorak
(to’rtdan bir) qismini tashkil etadi.
Ravoqo’siqli bo’g’imlar
Ravoqo’siqli
bo’g’imlar,
articulationes
zygapophysiales
(ras. 220, 221, 226),
pastda
yotuvchi umurtqaning yuqorigi bo’g’im
o’simtasi,
processus articularis superior,
bilan
shu
umurtqaga
nisbatan
yuqoridagi
umurtqaning
pastki
bo’g’im
o’simtasi
processus articularis inferior,
orasida
hosil
bo’ladi. Bo’g’im kapsulasi bo’g’im tog’ayining
qirg’oqlariga maxkam yopishgan bo’ladi va
bo’g’im bo’shlig’i bo’g’im yuzasining holati
yo’nalishiga mos ravishda joylashgan bo’lib,
222. umurtqa pog’onasining bo’g’im va
boylamlari,
ligg.
et
articulationes
columnae
vertebralis;
orqadan
ko’rinishi. (Bel soxasi. XII ko’krak
umurtqasining o’siq va yoylari, I va II
bel umurtqalari olib tashlangan.)
bo’yin
sohasida
gorizontal
tekislikka
yaqinlashadi, ko’krak soxasida – frontal va bel
soxasida – sagittal tekisliklarda bo’ladi.
Ravoqo’siqli
bo’g’imlar
umurtqa
pog’onasining bo’yin va ko’krak
soxalarida
yassi bo’g’imlar, belda esa – silindrik
bo’g’imlar guruxiga kiradi.
Funksional
jixatdan
ular
kamxarakat
bo’g’imlar guruxiga taaluqlidir.
Ravoqo’siqli bo’g’im
pastdagi umurtqaning
o’ng va chap yuqorigi bo’g’im o’siqlarini, unga
mos ravishda yuqorida joylashgan umurtqaning
pastki o’ng va chap bo’g’im o’siqlari orasida
hosil bo’lganligi uchun simmetrik bo’g’im
bo’lib,
chap
tomondagi
bo’g’imning
harakatlanishi o’ng tomondagi bo’g’imni ham
harakat
qilishga
majbur
etadi,
ya’ni
kombinatsiyalangan bo’g’imlar turiga kiradi.