ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
Tanglay suyagi Tanglay suyagi, os palatinum (ras. 96-99;
ras.123), - juft suyak. U burun bo’shlig’ining
orqa qismida yotuvchi egilgan plastinkadan
iborat bo’lib, bu bo’shliq tubining bir qismini –
suyak tanglay,
palatum osseum, va yanbosh
devorini tashkil etadi. Unda gorizontal va
perpendikulyar plastinkalar farqlanadi.
Gorizontal plastinka
, lamina horizontalis, xar
bir yanglay suyagida bo’lib suyak tanglayning
o’rta chizig’ida bir biri bilan birlashadi, o’rta
tanglay chokini orqa qismini hosil qilib,
o’zining oldida joylashgan yuqorigi jag’ning
ikkita tanglay o’simtasi bilan tanglayning
ko’ndalang choki,
sutura palatina transversa, ni hosil qiladi (ras 111, 112, 123).
Gorizontal plastinkaning yuqorigi burun
yuzasi,
facies nasalis, burun bo’shlig’iga
qaragan, pastkisi – tanglay yuzasi,
facies palatina , xususiy og’iz bo’shlig’i,
cavitas oris propria, ning yuqorigi devori bo’lmish suyak
tanglayi,
palatum osseum, ning bir qismini
hosil qiladi.
Gorizontal plastinkaning orqa medial oxirida
burunning orqa qiltig’i, spina nasalis posterior,
medial qomonida – burun qirrasi, crista nasalis,
joylashgan. Har bir gorizontal plastinkaning
yuqorigi yuzasi ozgina botiq va silliq, pastkisi –
g’adir-budur.
Perpendikulyar plastinka asosining tashqi
tomonidan orqaga yo’g’on piramidal o’simta,
processus pyramidalis, chiqadi. U ponasimon
suyakni qanotsimon o’sig’ining plastinkalari
orasiga kirib turadi va qanotsimon chuqur,
fossa pterygoidea, ni pastdan chegaralab turadi.
Piramidal o’simtaning pastki yuzasida 1 – 2 ta