Nazariy tushuncha: Qarag‘aysimonlar ajdodi, Korda-
itkabilar va Qarag'aykabilar ajdodchasini o‘z ichiga
oladi. Ulardan Kordaitkabilar faqat qazilma holda
uchraydigan o'simliklar hisoblanadi. Qarag'aykabilar
ajdodchasi ochiq urug“li o'simliklar orasida tur soni
jihatidan ko'pchilikni tashkil etadi. Ularning hozirgi
davrda 7 ta oilasi, 55 ta turkumi va 560 ta turi mavjud.
Bu turlar bir nechta qabilalarga bolib o'rganiladi.
Shulardan Qarag'aynamolar qabilasi faqat Qarag'ay-
doshlar oilasidan tashkil topgan. Bu oila 10 ta
turkumni, 250 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ulardan
birining tuzilishi va ko'payishi amaliyot darslarida
o'rganib chiqishga tavsiya etiladi.
44
Oddiy qarag‘ay Bu o'simlik (11-rasm) daraxt bo'lib, bo'yi 40 m ga
yetib boradi. Tanasi monopodial ravishda shoxlanadi.
Shoxlari uzun va qisqa novdalarga ega. Qisqa novdalar
bir juft yoki ikkita ninasimon barg chiqaradi. Barglari
uchinchi yiliga borib to'kiladi. Oddiy qarag'ay bir uyli,
ayrim jinsli o'simlik. U ko'payish uchun otalik va onalik
qubbalarini hosil qiladi. Otalik qubbalar to'planib,
boshoqsimon qalin «to'pgullar»ga aylanadi. Ular bahor-
da o'sib chiqqan uzun novdalar asosida paydo bo'ladi.
To'pgullar bir-biriga zich taqalgan, ayrim qubbalardan
tashkil topgan. Har qaysi qubbaning o'rtasida bitta o'q
bo'lib, unga mikrosporofillar yoki otaliklar birikkan
bo'ladi. Mikrosporofil shaklan tangacliaga o'xshagan va
pardasimon tashqi uchi yuqoriga qayrilgan. Tanga-
chaning
pastki
tomonida
ikkita
mikrosporangiy
mavjud. Mikrosporangiy ichida mikrosporalar yoki
changlar yetiladi. Har bir mikrospora ikki qavat: tashqi
(ckzina) va ichki (intina) po'st bilan o'ralgan. Tashqi
po'stning ikki yon tomonida havo bilan tolgan ikkita
pufak hosil boladi. Bu moslamalar mikrosporalarni
osongina olib keladi. Mikrosporalar mikrosporangiy
ichida una boshlaydi. Har bir mikrospora o'z qobig'iga
oga. Qobiq ichida dastlab ikkita protallial hujayra hosil
bo'ladi. Lekin ular tez orada yo'qolib ketadi. Ma'lum
vaqt o'tgach yana ikkita yangi anteridial va vegetativ
hujayralar vujudga keladi. Shu vaqtda mikrosprongiy
dcvori yoriladi va mikrosporalar shamol yordamida
onalik qubbalariga kelib tushadi.
Onalik qubbalari bahorda o'sib chiqqan yosh, uzun
novdalar uchlarida bitta yoki ikkitadan hosil bo'ladi.
Bularda ham xuddi otalik qubbalaridek o'rtasidan o'q
o'tadi, bu o'qqa tangachalar birikkan. Tangachalar ikki
xil: biri kichkina yoki qoplovchi tangacha bo'lib,
to'g'ridan-to'g'ri o'qda turadi.
Qoplovchi tangacha
qo'ltig'ida, cheti yo'g'on tortgan bir oz etdor ikkinchi
yirik yoki urug' beruvchi tangacha rivojlanadi. Urug'
45
beruvchi tangachaning ustki yuza tomonida, asosiga
yaqin joyida ikkita urug'kurtak paydo bo‘lib, ular
birgalikda makrosporofillarni tashkil etadi. Urug'kurtak
shaklan o'zgargan makrosporangiylardir.