IX BOB
F U Q A R O L A R N I M U H O F A Z A Q IL ISH N IN G
A SO SL A R I VA X U SU SIY A T LA R I
Harbiy
davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz
berganda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar
asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni
muhofaza qilishning asosiy
prinsiplari quyidagilardari iborat:
1. Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va xalq xo‘jalik obyektlarining
rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy
ravishda amalga oshirish va boshqarish.
2. Mamlakatning
har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq
xo‘jaligi larmoqlarida, fuqarolarni saqlashning
omillarini oldindan
rejalashtirish.
3. Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga
olgan holda fuqaroiar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish.
4. Fuqarolarni muhofaza qilishning
omillarini har bir joyning
(respublika, viloyat, shahar, hudud, xalq xo‘jaligi tarmoqlari) iqtisodiy va
sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:
1. Fuqarolarni xavfli vaziyat xususida o‘z vaqtida ogohlantirish.
2. Radiatsiyaga va kimyoviy ta'sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillar.
3. Himoya inshootlarida saqlash.
4. Evakuatsiya omillarini o ‘tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan,
vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki to‘liq uzoqlashtirish).
5. Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: