M tojiyev, I. Nigmatov


d) yer silkinishi ehtimolida



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

d) yer silkinishi ehtimolida:
«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Yer 
silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalami 
o‘chirib, uylami xavfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma’lumotlami qo‘ni- 
qo‘shnilarga yetkazing. Kerakli narsalami: kiyim-kechak, hujjat, oziq- 
ovqat, suv olib, baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!
160


Yer silkinganda inshootlarda bo‘lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari 
tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin.
Fuqaro muhofazasi shtabi yo‘riqnomalariga e’tibor qarating!»
9.2. Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar
RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli 
kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) 
ta’sirini kamaytirishga mo‘ljallangan kompleks omillar tushuniladi. RQ 
va KTQ omillarida quyidagi vazifalar ko‘zda tutiladi:
a) radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash;
b) dozimetrik va kimyoviy nazoratni tashkil etish va o‘tkazish;
d) radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqish;
e) radioaktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash 
uslublari hamda KTQ omillari bilan ta’minlash (bunda gazniqoblar, maxsus 
kiyim-kechaklar va boshqa vositalami yig‘ish, saqlash, taqsimlash);
f) radioaktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari 
(maxsus sanitar qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlami 
zararsizlantirish va boshqa omillar).
Radiatsion va kimyoviy holatni aniqlash va baholash. 
Radiatsiyaviy- 
kimyoviy holatni baholash - RQ va KTQ omillarning asosini tashkil etib, 
uni o‘tkazishdan maqsad:
- fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolaming ishlash 
qobiliyatlarini baholash;
- ishchi-xizmatchilaming ish faoliyatlarini baholash va ulardan 
foydalanish chegaralari;
- evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko‘rsatish hajmi;
- fuqarolarni sanitar-qayta ishlovdan o‘tkazish hajmi;
- jihozlami, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalami, 
kiyim-kechaklami, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;
- radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv >ar>, 
oziq-ovqat va boshqalami qayta ishlab foydalaniladi va boshqa 
o m ilia r
bajariladi.
Dozimetrik va kimyoviy holatni baholash - obyektning fuqaroiar 
muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan, razvedka bo‘!im!ari 
amalga oshiradi (ya’ni radiatsiyaviy-kimyoviy va umumiy razvedka 
bo‘limlari), Oziq-ovqatlar, suv va vemlaming zararlanifh thrahw.i
161


radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozimetrik 
baholashda odamlarni va yer usti jmslarining radiatsiya nurlari bilan 
nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur 
dozalari aniqlanadi. Nurianganlik darajasi guruh holda va yakka tartibda 
tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bo‘yicha odamlarning 
olgan nur dozalari hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.
Dozani aniqlovchi ID-1 va DKP-50A 

Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin