Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Xufyona iqtisodiyot tushunchasiga ta‘rif bering.
2.
Xufyona iqtisodiyot ko‗lamlarining ortib borishiga turtki
bo‗luvchi asosiy omillarni sanab bering.
3.
Xufyona iqtisodiyot ko‗lamlarini qisqartirish yo‗llari
nimada deb o‗ylaysiz?
4.
Hisobga olinmaydigan iqtisodiyot tushunchasi nimani
anglatadi?
5.
Transaksiya xarajatlari va ularni pasaytirish yo‗llari
nimalardan iborat?
6.
«Iqtisodiyotni
kriminallashuvi»
tushunchasining
mohiyatiga aniqlik kiriting.
7.
Xufyona iqtisodiyot mamlakatga qanday ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarni olib keladi?
8.
Xufyona
iqtisodiyot
mamlakatning
makroiqtisodiy
siyosati samaradorligiga va uning iqtisodiy xavfsizligiga qanday
salbiy ta‘sir etadi?
9.
Xufyona
iqtisodiyotning
tuzilmasi
va
uning
O‗zbekistondagi ko‗lamlari qanday?
10.
Xufyona iqtisodiyotga va korrupsiyaga qarshi kurash
usullarini aytib bering.
11.
O‗zbekistonda
xufyona
iqtisodiyot
faoliyatining
tarqalish omillari va salbiy oqibatlari qanday?
12.
Xufyona iqtisodiyotga davlat tomonidan ta‘sir etish
usullarini so‗zlab bering?
497
XVII BOB. O‗ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI
KURASHNING ME‘YORIY-HUQUQIY ASOSLARI
17.1-§. Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari va iqtisodiy
oqibatlari
―Korrupsiya‖ lotincha (sorruptcio) so‗zidan olingan bo‗lib,
buzilish degan ma‘noni anglatadi. Korrupsiya faqat bir ko‗rinishda
namoyon bo‗ladigan hodisa bo‗lmay, u jamiyat hayotining turli
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini qamrab oladi. O‗z
tabiatiga ko‗ra turlicha bo‗lgan yuzaga kelish va qayta tiklanish
mexanizmlari bilan tavsiflanadi.
Korrupsiya hodisasini tadqiq qilgan barcha tadqiqotchi
hamda siyosatchilar uning axloqsizlik ekanligi va har qanday
mamlakatning iqtisodiy va demokratik taraqqiyotiga ziyon
yetkazishini tan oladilar. Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarda ushbu hodisa
jamiyat va iqtisodiyot institutlari tizimidan tashqaridagi ―ma‘naviy
jinoyat‖ sifatida o‗rganiladi. Uning tabiati, funksiyalari, jamiyat
va iqtisodiyotga yetkazadigan zararlari to‗g‗risidagi fikrlar bilan
cheklanib qolinmoqda.
Korrupsiya ommaviy imkoniyatlardan shaxsiy manfaatlar
yo‗lida foydalanishni anglatadi. Hozirgi davr xalqaro me‘yoriy
hujjatlarida
korrupsiyaning
turlicha
talqinlari
keltirilgan.
BMTning korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash to‗g‗risidagi
hujjatlarida,
korrupsiya
shaxsiy
manfaat
uchun
davlat
hokimiyatini suiiste‘mol qilish, deb ta‘rif beriladi.
O‗zbekiston
Respublikasining
―Korrupsiyaga
qarshi
kurashish to‗g‗risida‖gi Qonunining 3-moddasida ‖Shaxsning o‗z
mansab yoki xizmat mavqYIdan shaxsiy manfaatlarini yoxud
o‗zga shaxslarning manfaatlarini ko‗zlab moddiy yoki nomoddiy
naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi
498
shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi
1
-
deb, ta‘rif beriladi.
Korrupsiya – ijtimoiy fenomen, jamiyat va ijtimoiy
munosabatlar natijasi, ijtimoiy va xo‗jalik faoliyatini boshqarish
funksiyasining o‗ziga xosligidan kelib chiqib vujudga keladi va
mavjud bo‗ladi, ya‘ni aynan shunday holatda mansabdor shaxsda
jamiyat va davlat manfaatlarini emas, balki o‗z shaxsiy g‗araz
niyatidan kelib chiqib resurslarni tasarruf etish va qarorlar qabul
qilish imkoniyati vujudga keladi. Demak, korrupsiya murakkab
ijtimoiy-siyosiy hodisa bo‗lib, uning ko‗rinishi, shakli o‗zgarishi
bilan hajmi qisqarmaydi. Hozirgi vaqtda korrupsiya milliy
xavfsizlikka tahdid solayotgan asosiy xavf bo‗lib, iqtisodiyot
rivojlanishiga
asosiy
to‗siq,
davlat
tomonidan
amalga
oshirilayotgan harakatlarga qaramay ijtimoiy barqarorlikning
saqlanishi va chuqurlashuviga ta‘sir qiluvchi omildir.
Korrupsiya iqtisodiy qonunlarning erkin harakatlanishini
cheklaydi, xalqaro hamjamiyat oldida mamlakat nufuzini
tushiradi. Haqqoniy va ijtimoiy yo‗naltirilgan biznes bozordan
siqib chiqariladi, chunki korrupsiya bunday biznesni norentabel
qilib qo‗yadi. Korrupsiya o‗ta moslashuvchan xususiyatga ega
bo‗lib, shaklini o‗zgartirib takomillashib, ijtimoiy huquqiy
tizimdagi bo‗shliqlar, kamchiliklardan ustalik bilan foydalanadi.
Korrupsiya davlat va jamiyat hayotida quyidagi salbiy oqibatlarni
keltirib chiqaradi.
Birinchidan, insoniyat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadigan
– demokratiya va demokratik institutlarning
mustahkamlanishiga salbiy ta‘sir qiladi, ya‘ni ularga jiddiy putur
yetkazadi.
1
O'zbekiston Respublikasining ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‗g‗risida‖gi qonuni. www.lex.uz
499
Ikkinchidan, jamiyat taraqqiyoti uchun eng muhim omil –
tinchlik, osoyishtalik, adolat, qonun ustuvorligi kabi ijtimoiy-
huquqiy qadriyatlarning buzilishiga olib keladi.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining buzilishi,
sog‗lom raqobatning bozordan siqib chiqarilishi, yashirin
iqtisodning paydo bo‗lishi va rivojlanishiga zamin yaratadi.
To‗rtinchidan,
jamiyatda
nosog‗lom
ijtimoiy-ma‘naviy
muhitning shakllanishiga sabab bo‗lib, demokratik davlatning eng
muhim huquqiy tamoyillarining buzilishiga olib keladi.
Korrupsiya tushunchasi poraxo‗rlik tushunchasidan kengroq
ma‘noni anglatadi. Ushbu tushuncha poraxo‗rlikni (biror-bir
shaxsning kasbi taqozo qiladigan majburiyatidan chekinganligi
uchun mukofot berish) va nepotizm (shaxsiy munosabatlar asosida
homiylik qilish) hamda shaxsiy manfaatlar uchun foydalanish
maqsadida jamoat mablag‗larini noqonuniy o‗zlashtirishni
anglatadi. Korrupsiyaga o‗zi yoki shaxsiy munosabatlar yo‗lga
qo‗yilgan boshqa shaxslar uchun qandaydir ustunliklarga ega
bo‗lish maqsadida tomonlarning mustaqillik tamoyillariga atayin
rioya qilmaslik. Bunday ta‘rif korrupsiya xufyona iqtisodiyotning
bir ko‗rinishi sifatida namoyon bo‗ladi, degan fikrni tasdiqlaydi.
Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufyona
iqtisodiyotning ko‗rinishidir. Shuning uchun korrupsiyani
iqtisodiy hodisa sifatida talqin etishda deyarli bahs-munozaralar
yo‗q. Uning davlat amaldorlarining poraxo‗rlik faoliyatidan
iboratliligi va jamiyatga katta zarar yetkazadi. Poraxo‗rlikni uch
subyektli munosabatlar: pora oluvchilar, pora beruvchilar va ular
o‗rtasidagi vositachilar kiradi. Pora oluvchilar davlat amaldorlari
bo‗lsa, uni beruvchilar amaldorlar marhamatiga muhtojlardir.
Vositachilik vazifasini esa ayrim shaxslar va yashirin tashkilotlar
amalga oshiradilar.
500
Korrupsiyaning iqtisodiy mohiyati va huquqiy baholanishida
farqlar mavjud bo‗lib, iqtisodiy jihatdan, bu erkin bozor qonun-
qoidalariga mos kelmaganidan yashirincha yuz beradi. Bu
munosabatda barcha korrupsiyalashgan guruhning manfaati
uyg‗unlashadi. Amaldor xizmatiga talab bo‗lganidan, u sotadi. Bu
yerda pora yashirin xizmat haqi shakliga kiradi. Poraxo‗rlikda
ham bozor munosabati bor, lekin bu tor egoistik manfaatga
bo‗ysunuvchi munosabat bo‗lganligi sababli uni jamiyat tan
olmaydi, chunki bu yerda ayrim shaxslar yoxud guruhlar
manfaatining amalga oshishi boshqalar manfaati hisobidan
bo‗ladi. Shuning uchun buni jamiyat qabul qilmaydi va natijada u
yashirin tus oladi.
Yuridik qonunlarda aks etgan qoidalarnigina jamiyat qabul
qiladi. Shuni nazarda tutib, korrupsiyani huquqiy jihatdan
g‗ayriqonuniy, qonunlar man etadigan iqtisodiy faoliyat deb
aytish mumkin. Korrupsiya – global hodisa, undan zarar
ko‗rmagan
mamlakat
yo‗q,
lekin
bu
mamlakatlarda
korrupsiyalashuv darajasi turlicha bo‗lib, bunday holat uning
ildizlari chuqurligidan dalolat beradi.
Korrupsiyaning
sabablarini
umumlashtirgan
holda
quyidagilarni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |