Uzatish muhiti
- eltuvchi ko‘chib yuruvchi fazoning qismi. U
eltuvchining ко‘chib yurishi shartlarini belgilovchi fizik parametrlar
nabori orqali xarakterlanadi. Tarqalish muhitini tavsiflashda quyida-
gi asosiy parametrlami hisobga olish zarur:
• subyektlar va moddiy jismlar uchun fizik to‘siqlar;
• masofa birligidagi signalning susayish o‘lchovi;
• chastota xarakteristikalari;
• signal uchun xalallar ko‘rinishi va quvvati.
Qabul qiluvchi qurilma
quyidagi vazifalami bajaradi:
• qabul qiluvchiga kerakli axborot eltuvchisini tanlash;
• qabul qilingan signalni axborotni olishni ta’minlovchi qiy-
matigacha kuchaytirish;
• eltuvchidan axborotni olish;
• axborotni qabul qiluvchiga (insonga, texnik qurilmaga) tu-
shunarli signal shakliga o‘zgartirish va signalni xatosiz o‘zlashtirili-
shiga yetarli qiymatgacha kuchaytirish.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming turkumlanishi
10.3-rasmda keltirilgan.
Axborot eltuvchining fizik tabiati bo'yicha
quyidagi
axborot
sirqib chiqadigan texnik kanallar farqlanadi:
• radioelektron;
• akustik;
• optik;
• moddiy.
Axborot sirqib chiqadigan radioelektron kanalda eltuvchi sifa-
tida radiodiapazondagi
elektrik, magnit va elektromagnit maydonlar
hamda metall o‘tkazuvchilar bo‘yicha tarqaluvchi elektr toki (elekt-
ronlar oqimi) ishlatiladi. Radioelektron kanalning chastotalar diapa-
zoni quyidagicha:
• past chastotali 10-1 km (30-300 KGs);
• o‘rta chastotali 1 km-100 m (300 KGs-3MGs);
• yuqori chastotali 100-10 m (3-30 MGs);
• ultra yuqori chastotali 10-lm (30-300 MGs);
• o‘ta yuqori chastotali 10-lsm (3-30 GGs).
240
10.3-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming
turkumlanishi.
Akustik kanalda axborot eltuvchisi sifatida muhitda tarqaluv-
chi akustik to‘lqinlar ishlatiladi. Akustik kanalning chastotalar dia-
pazoni quyidagicha:
• infratovush 1500-75 m(l-20Gs);
• pastki tovush 150-5m (l-300Gs);
• tovush 5-0,2m (300-16000Gs);
• ultratovush -16000 Gsdan 4 MGs gacha.
Optik kanaldagi axborot eltuvchisi
- elektromagnit maydon
(fotonlar). Optik diapazon quyidagilarga bo‘linadi:
• uzoq infraqizil qism. Diapazon lOO-lOmkm (3-300TGs);
• o‘rta va yaqin infraqizil qism. Diapazon 10-0,76 mkm (30-
400 TGs);
• ko‘rinadigan diapazon (ko‘k-yashil-qizil). Diapazon 0,76-0,4
mkm (400-750 TGs).
Moddiy kanalda axborotning sirqib chiqishi himoyalanuvchi
axborotli eltuvchilaming nazoratlanuvchi zona tashqarisiga ruxsat-
241
siz tarqalishi hisobiga ro‘y beradi. Eltuvchi sifatida kso‘pincha huj-
jatlar qo‘l yozmasi va ishlatilgan nusxalash qog‘ozlari ishlatiladi.
Informativligi bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar in
formativ, informativligi kam va informativ emaslarga bo‘linadi. Ka
nal informativligi kanal bo‘yicha uzatiluvchi axborot qiymati
orqali
baholanadi.
Dostları ilə paylaş: