S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Nazorat savollari:
1. Elektromagnit nurlanish indikatorining ishlash sxemasini 
tushuntirib bering.
2. Radiochastotomerlaming ishlash rejimlarini tushuntirib be­
ring.
3. Skanerlovchi qurilmalaming axborot sirqib chiqishidan hi- 
moyalashdagi ahamiyati.
4. Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan 
qidiruv kompleksi.
10.3. Obyektlarni injener himoyalash va texnik qo‘riqlash
Axborot manbalarini fizik himoyalash tizimi
niyati buzuqning 
himoyalanuvchi axborot manbalariga suqilib kirishini oldini oluvchi 
hamda tabiiy ofatdan, aw alo yong‘indan, ogohlantiruvchi vositalar- 
ni o‘z ichiga oladi.
Injener konstruksiyalar
tahdid manbalarini axborot manbalari 
tomon harakati (tarqalishi) yo‘lida ushlab qoluvchi to‘siqlami yara- 
tadi. Ammo axborotni himoyalashni ta’minlash uchun tahdidlami 
niyati buzuqning va tabiiy ofatning himoyalanuvchi axborotli man- 
baga ta’siridan oldin neytrallash zarur. Buning uchun tahdid 
neyt-
rallash vositalari
tomonidan aniqlanishi va oldi olinishi zarur. Bu 
masalalar 
axborot manbalarini texnik qo ‘riqlash
vositalari tomoni­
dan hal etiladi.
Axborotga tahdidlaming turlari va ro‘y berishi vaqtining no- 
aniqligi, axborotni himoyalovchi vositalaming ko‘p sonliligi va turli
- tumanligi, favqulot vaziyatlardagi vaqtning tanqisligi, 
axborotni
fizik himoyalash vositalarini boshqarishga
yuqori talablar qo‘yadi.
Boshqarish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
• 
axborotni himoyalashning umumiy prinsiplarini amalga 
oshirish;
250


• axborotni fizik himoyalash tizimini va uni sirqib chiqishidan 
himoyalash tizimini yagona doirada ishlashini muvofiqlashtirish;
• axborotni himoyalash bo‘yicha operativ qaror qabul qilish;
• himoya choralarining samaradorligini nazoratlash.
Fizik himoyalash tizimini boshqarish bo‘yicha me’yoriy 
hujjatlar axborotni himoyalash bo‘yicha yo‘riqnomalarda o‘z aksini 
topgan. Ammo yo‘riqnomalarda barcha vaziyatlami hisobga olish 
mumkin emas. Fizik himoyalash tizimining vositalari vaqt tanqisligi 
sharoitida notipik vaziyatlar sodir bo‘lganida to‘g‘ri xulosa qabul 
qilinishini ta’minlashi lozim.
Axborotni himoyalash uning samaradorligini nazoratlamasdan 
amalga oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, boshqarish tizimi­
ning muhim vazifasi - himoyalash bo‘yicha choralami turli xil na- 
zoratlashni tashkil etish va amalga oshirishdir.
Fizik himoyalash tizimining tarkibi turli-tuman: oddiy qulfli 
yog‘och eshikdan to qo‘riqlashning avtomatlashtirilgan tizimigacha. 
Fizik himoyalash tizimning umumlashtirilgan sxemasi 10.11-rasmda 
keltirilgan.
Obyektlami injener himoyalash va texnik qo‘riqlash zaruriyati 
statistika orqali tasdiqlanadi, ya’ni suqilib kirishlaming 50% dan 
ko‘prog‘i xodimlar va mijozlar tomonidan erkin foydalaniladigan 
obyektlarga amalga oshirilsa, faqat 5 
%
kuchli qo‘riqlash rejimli 
obyektlarga amalga oshiriladi.
Niyati buzuqlaming suqilib kirishlari yashirincha, instrument 
yordamida yoki portlatish orqali injener konstruksiyalarini mexanik 
buzish bilan amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi hollarda suqilib ki- 
rishlar qorovullami neytrallash bilan harbiy hujum ko‘rinishida 
amalga oshiriladi.
Axborotni injener himoyalashni quyidagilar ta’minlaydi:
• niyati buzuqning va tabiiy ofatning axborot manbalariga 
(yoki qimmatbaho narsalarga) qarab harakat qilishi mumkin bo‘lgan 
yo‘ldagi tabiiy va sun’iy to‘siqlar;
• foydalanishni nazoratlovchi va boshqaruvchi tizimlarning 
to‘suvchi qurilmalari.
251


10.11-rasm. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimining 
strukturasi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin