64
Natijalarni baholash.
Topshiriqni bajarish tezligi va sifatiga qarab ballarda baholanadi.
10 ball—bola hamma topshiriqni bajarishga 90 soniyadan kam faqt sarflab,
figuralarning burchaklarini to’g’ri va aniq birlashtira olsa hamda chiziqlar berilgan
konturlarga aniq mos kelsa;
8-9 ball- topshiriqni bajarishga 90 soniyadan 109
soniyagacha vaqt
sarflansa, ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo’lsa: bir yoki ikkita
chiziqning to’g’ri emasligi; ikki yoki uchta chiziqlar figura burchaklari noto’g’ri
birlashtirilgan bo’lsa; ikkitadan to’rttagacha chiziqlar
konturdan tashqariga chiqib
ketgan bo’lsa; to’rttadan beshtagacha figura burchaklarini birlashtirishda
noaniqlikka yo’l qo’yilgan bo’lsa;
6-7 ball-hamma topshiriqni bajarishga 105 dan 120 soniyagacha vaqt
sarflansa, ammo quyidagi kamchiklarning birortasi mavjud bo’lsa: uch yoki to’rtta
chiziqning
egriligi:
to’rttadan oltigacha figura burchaklarini noto’g’ri
birlashtirilganligi; beshtadan oltitagacha chiziqlar konturdan tashqariga chiqib
ketganligi; oltitadan yettitagacha figura burchaklarini birlashtirishdagi noaniqlik
bo’lsa;
4-5 ball-topshiriqni bajarishga 120 dan 135 soniyagacha vaqt sarflansa,
ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo’lsa;
besh yoki oltita
chiziqning egriligi; yettitadan o’ntagacha burchaklarni noto’g’ri birlashtirganligi;
yettita
yoki
sakkizta
chiziqning
konturdan chiqib ketganligi; sakkiztadan
65
o’ntagacha burchaklarning noaniq birlashtirilganligi;
2- 3 ball- topshiriqni bajarishga 135 dan 150 soniyagacha vaqt sarflansa.
Quyidagi kamchiliklardan birortasi mavjud bo’lsa: 7 tadan 10 tagacha chiziqning
egriligi; 11 tadan 20 tagacha burchaklarning noto’g’ri birlashtirilganligi; 9 tadan 10
tagacha chiziqlarning konturdan tashqariga chiqib ketganligi; 11 tadan 17
gacha
burchaklarning noaniq birlashtirilganligi;
0-1 ball -topshiriqni bajarishga 150 soniyadan ko’p vaqt sarflansa. Bir yoki
ikkita chiziqdan tashqari, qolgan chiziqlarning noto’g’ri chizilganligi;
bir yoki
ikkita burchakdan tashqari, qolgan burchaklarni birlashtirishdagi xatoliklar;
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish.
10 ball -juda yuqori.
8 -9 ball -yuqori
4 -7 ball -o’rtacha
2 -3 ball -past
0—1 ball -juda past
Dostları ilə paylaş: