42
So‘ng, provayder agentligi xodimlarni (shu jumladan chet elliklarni)
o‘z xodimlari jadvaliga oladi va ular bilan mehnat munosabatlarini tomonlar
tomonidan kelishilgan muddatga tuzadi va ish beruvchining funktsiyalarini
to‘liq (yoki uning bir qismini) bajaradi (2.5.4-rasm).
Autstaffing narxi, lavozim jadvalidan chiqarilishi kerak bo‘lgan
xodimlar soni, ularning fuqaroligiga bog’liq va bozorda o‘rtacha 900
rubl/soatni tashkil etadi.
2.6. Personal autpleysmenti
Personal autpleysmenti
(inglizcha
Personal
outplacement)
–
rekrutment
yo‘nalishi
bo‘lib,
bunda
rekruting
agentligi
buyurtmachi
kompaniyadan
ma’lum
muddatga
va
ma’lum
sharoitlarda
bo‘shatilayotgan
xodimlarning
bandligini
ta’minlash
bo‘yicha
maqsadli xarakatlarni amalga oshiradi.
Kompaniyadagi tashkiliy o‘zgarishlar (qayta tuzilmalash, qo‘shilish,
sotib olish) yoki ishlab chiqarish hajmida barqarorlik yo‘qligi
natijasida
xodimlarning qisqarishi natijasida autpleysment xizmatiga talab ortadi.
Qoida
tariqasida, mijoz-kompaniya
provayderdan xodimlarni
joylashtirishni quyidagilarga ko‘ra buyurtma qiladi:
- "yaxshi ish beruvchi" sifatidagi kompaniyaning obro‘sini
saqlab
qolish;
- raqobatchilar oldida kompaniyaning xavfsizligini ta'minlash ("xafa
bo‘lgan" ishdan bo‘shatilgan ishchi maxfiy ma'lumotga
ega va uni
raqobatchilarga "sotishi" mumkin, anti-reklama bilan shug'ullanishi,
hujjatlarni o‘g'irlashi mumkin - bularning barchasi biznes uchun tahdiddir);
- ishchilarning sodiqligini saqlash (qolgan
ishchilar uchun qulay
ma'naviy va ruhiy muhit);
- samaradorlik va mehnat unumdorligining keskin pasayishini oldini
olish;
Dostları ilə paylaş: