14.6. Qattiq fazalar orasidagi reaksiyalar Shixta bilan qattiq yonilg‘i orasidagi fazada shixtaning eng kichik
zarralari reaksiyaga kirishadi. Bu jarayon asosan qattiq fazada sodir
bo‘ladi. Qattiq fazada faqat ekzotermik reaksiyalar boradi, ya’ni bunda
doim issiqlik ajralib chiqadi. Bu reaksiyalarning yana bir jihati
boshlang‘ich reaksiya reagentlarning nisbati bilan boshqariladi. Qattiq
reagent bilan CaO va SiO
2
to‘rt xil nisbatda olinadi, ya’ni 3:1; 2:2; 1:3;
2:1; va bu to‘rt holatda ham birinchi mahsulot sifatida CaO
.
SiO
2
olinadi.
Kontakt zonada CaO va SiO
2
ning qattiq fazada 1000
o
C haroratda
turli nisbatda reaksiyaga kirishish sxemasi 82-rasmda ko‘rsatilgan.
81-rasm. 1000 0 C qattiq qatlamda CaO va SiO 2 ning kontakt zonada ta’sirlashuv sxemasi. Juda ko‘p soatlik reaksiya jarayonidan so‘ng oxirida tarkibida
boshlang‘ich mahsuloti bo‘lgan mahsulot hosil bo‘ladi.
Birinchi mahsulot sifatida 2CaO
.
SiO
2
olinadi. Qizdirilgandan so‘ng
2CaO
.
SiO
2
–CaO qatlami hosil bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda 3CaO
.
SiO
2
,
2CaO
.
SiO
2
– 3CaO
.
2SiO
2
qatlamlar ketma-ketlikda hosil bo‘lishadi. Eng
232
kam hosil bo‘ladigan qatlam CaO
.
SiO
2
jarayonning oxirida hosil bo‘ladi.
To‘rt soat davom etadigan reaksiyaning oxirgi mahsuloti CaO bilan SiO
2
dir. 11-jadvalda qattiq aralashmalarning turli tarkiblari keltirilgan.