Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDAELEKTRON TIJORATNING



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

4-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDAELEKTRON TIJORATNING 
RIVOJLANISHI 
4
.1. Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar
 
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotga o’tish kontseptsiyasi industrial 
davrdan information-texnologik davrning ishlab chiqarish usuliga o’tish bilan 
bog’liqdir. Ushbu kontseptsiyaning paydo bo’lishiga asosiy sabab - industrial 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va jabhalarini qamrab olgan hamda uning 
miqyosi, dinamikasi va ichki mohiyatini batamom o’zgartirib yuborgan yangi 
raqamli information texnologiyalar paradigmasidir. Ilmiy izlanishlarning 
ko’rsatishicha, industrial iqtisodiyotning information iqtisodiyot bilan almashinishi 
agrardan industrial iqtisodiyotga o’tishga aynan ekvivalant emas, chunki yangi 
paradigma doirasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ilm-fan sohalaridagi puxta 
bilimlar talab qiladigan komp’yuter texnologiyalari, raqobatbardosh va 
o’zgaruvchan sharoitlarga tezda moslasha oladigan information tarmoqlarga 
aniqlanadilar. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot tuzilmasining bunday sifat 
o’zgarishlari xozirgi kunda global o’zgarish tariqasida ko’rilib, bunda “
moddiy
” 
iqtisodiyotdan “
intellectual
” iqtisodiyotga yoki “
bilimlarga asoslangan iqtisodiyot
– 
knowledge-bazed economy
”ga o’tish sifatida tushuniladi. Postindustrial 
iqtisodiyotga kirib kelayotgan bunday yangiliklarning mohiyatini tushunish 
information texnologiyalarning ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida butunlay 
yangi bilimlar hosil qilib, yangi ko’rinishdagi faoliyat turlarini yaratishini talab 
qiladi. Keyingi yillarda jahon iqtisodiy adabiyotida keng tarqalgan “
Bilimlarga 
asoslangan raqamli iqtisodiyot
” yoki “
Intellectual iqtisodiyot
” tushunchasi ilmiy 
bilimlar majmuasi va ular (
bilimlar, texnologiyalar, chizmalar, usullar va 
boshqalar
) yozilgan moddiy ma’lumot tashuvchilar (
disketlar, fleshkalar, internet 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
resurslari va boshqalar
) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va 
iqtisodiy o’sishning asosiy manba’i bo’lib qolishini anglatadi. Xuddi shu tufayli 
ilmiy-amaliy, ishbilarmon va professional davralarda raqamli iqtisodiyot 
rivojlanishi nuqtai-nazaridan bilimlar, ma’lumotlar, yangiliklar va ilmiy-texnologik 
innovatsiyalar har tomonlama chuqur o’rganila boshlandi. Yangi ixtirolar, ilmiy-
texnik ma’lumotlar va raqamli innovatsiyalar esa O’zbekiston iqtisodiyoti asosiy 
sektorlarining raqamli iqtisodiyot nuqtai-nazardan qayta tuzilishi va rivojlanishini 
aniqlab bera boshladi. Ammo xozirgi davrda iqtisodiyotning juda ko’p sohalari 
ilm, fan va texnikaning yutuqlaridan keng miqyosda foydalanmaganliklari tufayli, 
ma’lum ma’noda depressiv holatga tushib qolganlar. Bu xolat quyidagi bir qancha 
ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan bog’liqdir. Avvalo, bilimlarga asoslangan 
raqamli iqtisodiyotning huquqiy ta’minoti mamlakatimizda yaratilgan emas. 
Xozirga qadar innovatsion ilmiy-texnik izlanish jarajonlarini normal amalga 
oshirish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun zaruriy bo’lgan 
to’liq normativ-huquqiy baza mavjud emas. Masalan, mamlakat miqyosida raqamli 
iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan 
texnologik innovatsiyalar va ularni 
rivojlantirishning barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holdagi asosiy qonun 
xujjatlari to’liq ishlab chiqilmagan. Raqamli iqtisodiyotga ilmiy-amaliy bilimlarni 
investitsiya qilish uchun “
respublikada eng yaxshi imkoniyatlar yaratish
” masalasi 
huquqiy jihatdan hozircha to’liq ishlab chiqilmagan. Bu ishlar davlat boshqaruv 
bo’g’ini mutasaddilarining innovatsiyalar va ilm-fan-texnikani rivojlantirmasdan 
turib, keskin rivojlanish mumkin emasligini ko’rib, bilib va tushunib turgan holida 
ham amalga oshirilmayotganlari ta’assufga loyiqdir. Shuning uchun ham, keyingi 
yillarda halq farovonligi va mamlakatning dunyo bozoridagi o’rnini aniqlab 
beradigan ilg’or texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim tizimi va boshqa an’anaviy 
tarmoqlarda raqamli innovatsion yumushlarni amalga oshira oladigan yuqori 
malakali kadrlarning yetishmasli holati kuzatilayapti. Ammo shunga qaramasdan
iqtisodiy fanga va bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning jarayonlari va 
qoidalari 
haqida tushuncha beradigan “
raqamliinformation 
iqtisodiyot
”, 

bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot
”, “
raqamli innovatsion iqtisodiyot
” va 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

raqamli intellectual iqtisodiyot
” tushunchalariga ozmi-ko’pmi ta’rif berilib, ular 
bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan /6-9/. Lekin bu ilmiy-amaliy izlanishlar 
chalaroq, sayozroq, fragmentar, tizimlashtirilmagan va bir tomonlamalilik bilan 
tafsiflanadi. Shuning uchun ham o’quv qo’llanmaning ushbu bo’bida bilimlarga 
asoslangan raqamli iqtisodiyotning ilmiy-metodologik asoslari, uslubiyati, uning 
infratuzilmasi va funktsiyalari imkon doirasida ko’rib chiqiladi. Undan tashqari, 
raqamli innovatsion iqtisodiyotning asosi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotining raqamli 
information iqtisodiyotga aylanish jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan asosiy 
tushunchalar, amaliyot uchun zarur bo’lgan bilimlarni yaratish faoliyati bilan 
bog’liq masalalar ham bir qadar ko’rib chiqiladi. Eng avvalo, bilim va 
ma’lumotlarning zamonaviy raqamli iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni o’rganiladi, 
so’ngra bilim va ma’lumot yaratadigan tizim va uning tuzilishi hamda funktsiyalari 
ko’rib chiqiladi. Raqamli iqtisodiyot uchun hizmat qiladigan bilimlarga asoslangan 
tizimning kuchli va kuchsiz tomonlari o’rganilib, uning infratuzilmasi tadqiq 
qilinadi. Umuman aytganda, bilimlarga asoslangan raqamli innovatsion iqtisodiyot 
jarayonlarining asosiy tushunchalarini o’rganish sxematik tarzda quyidagi ketma-
ketlikda amalga oshirilishi mumkin: 
Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish infratuzilmasini o’rganilganda unda 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki hizmatlarda qanday bilimlar aks etishi va bu 
bilimlarning pirovard natijalari qanday bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bu yerda 
asosiy diqqat-e’tibor bevosita bilimlar hosil bo’ladigan va uning shart-sharoitlariga 
bog’liq bo’lgan raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi tushunchasiga qaratiladi. Undan 
so’ng, uning zamonaviy sharoitlarga bog’liq alohida hususiyatlari viloyatlararo 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin