Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Raqamli innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlaydigan tuzilmalar ichida
texnoparklar
ham alohida ahamiyatga ega bo’lib, ular asosiy va aylanma
fondlarni, investitsiyalarni va intellektual zahiralarni innovatsion hizmatlarga
aylantiradilar. Katta texnoparklar
texnopolislar
deb atalsa, juda ham kattalari
qandaydir raqamli innovatsion yo’nalishga ega bo’lgan va katta xududlarni
egallagan ilmiy-texnikaviy xududlar (
regionlar
) deb nomlanadi. Texnopark
tuzilmalarini murakkabligi oshib borishi ketma-ketligida joylashtirsak, quyidagini
olamiz: inkubatorlar, texnologik parklar, texnopolislar, fan va texnologiya
xududlari (
regionlari
).
Texnologik park
– ancha murakkab funktsional tuzilmaga ega bo’lgan ilmiy
ishlab chiqarish xududiy kompleksi bo’lib, uning asosiy vazifasi - kichik va
rivojlanishi ilm-fan talab qiladigan mijoz firmalarga iloji boricha qulay bo’lgan
sharoitlar yaratishdir. Texnoparkning tuzilmaviy birligi innovatsiyalar markazi
hisoblanadi. Eng keng ko’lamda tarqalgan markazlarga ilmiy izlanish markazi,
biznes-inkubator, ilmiy-texnologik kompleks (
innovatsion markaz
), ishlab
chiqarish zonasi, marketing markazi va o’quv markazi kiradi. Ushbu har bir
markaz o’ziga mos bo’lgan hizmatlar turini amalga oshirib beradi.
Dostları ilə paylaş: