Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ta’limga ham kirib borishini ko’rsatgan. Geymifikatsiya inson miyasining qilingan
ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko’rishi hossasiga asoslangan. Bunga
ishonch hosil qilish uchun ijtimoiy saytlardagi turli xil o’yinlarga nazar solish
kifoya, chunki ularda turli xildagi mukofotlanishlar va taqdirlashlar keng yo’lga
qo’yilgan.
Zynga
kompaniyasi bu ishni amalga oshirgan
holda milliardlab dollar
pul ishlab olganini eslatish kifoya.
Geymifikatsiya
tarafdorlari o’yin elementlarini
insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif
qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari
ancha osonlashadi.
Umuman aytganda, ta’limni komp’yuter yordamisiz
geymifikatsiyalash jarayoni allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin.
Chunki agar o’quvchi masalani to’g’ri yechgan bo’lsa, uni yaxshi baho bilan
taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har o’quv yilining
oxirida esa yaxshi o’quvchilar maqtov yorliqlari
bilan mukofotlanadilar, yomon
o’qiydiganlari esa sinfda qoldiriladilar. Ammo bunda geymifikatsiyani optimal
ravishda amalga oshirish uchun ko’p
zahiralar, mablag’, vaqt va juda ko’p sonli
o’qituvchilar talab qilingani hamda u yaxshi samara bermayotgani tufayli,
geymifikatsiyani komp’yuter dasturiy-texnik vositalari
va internet yordamida
boshqacharoq usullarda, ko’rinishlarda yoki boshqacha tartibda amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Misol sifatida dasturlash asoslarini o’rganish
bo’yicha interaktiv kurslarni o’z ichiga qamrab olgan
Dostları ilə paylaş: