Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


 Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

4.4. Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar 
Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o’ta jiddiy talablariga 
javob bera olmayotganligini juda ko’pchilik olimlar va mutahassislar tomonidan 
tan olinayapti. Ushbu holatni tubdan o’zgartirishning asosiy yo’llaridan biri – 
ta’lim tizimiga zamonaviy texnologik rivojlanishning eng yangi dasturiy-texnik 
vositalarini keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri – insonlarning 
ishlab chiqarishdan va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli 
ta’lim olishiga imkon beradigan raqamli platformalardagi ochiq masofaviy ta’lim 
tizimidir (
MOOC
– 
massive open online cources – ommaviy ochiq onlayn ta’lim 
tizimlari
). Bundan bir necha yillar oldin, ya’ni, 2012 yilning kuzlarida 
Stenford
universitetining ikki professori 
Sebastyan Trun
va 
Piter Norvig
internetda barcha 
istovchilar uchun sun’iy intellect bo’yicha ma’ruzalar tinglashni taklif qilishdi. Bu 
ma’ruzalar o’z tarkibiga barcha kerakli materiallarni, testlarni va yakuniy 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
imtihonlarni qamrab olgan edi. Mashg’ulotlar esa faqat on-line ko’rinishida tashkil 
etilgan edi. Ma’ruzachilar eng ko’pi bilan 2-3 ming talaba ushbu mashg’ulotlarga 
qatnashishini rejalashtirgan bo’lsalarda, semester boshida unga dunyoning 200 ta 
mamlakatidan 160 ming kishi yozilib bo’lgan edi. Bunga o’xshash masofaviy 
ta’lim tizimlari borgan sari murakkablashib va sifati oshib borayotganini 
ta’kidlamasdan iloji yo’q. Kun sayin yanada ko’proq tajribali o’qituvchilar va 
professorlar o’z ma’ruzalarini boshqalar bemalol foydalanishi uchun 
YouTube
va
iTunes
tizimlariga yozib qo’yayaptilar. Ularning ba’zilari, masalan, siyosiy falsafa 
bo’yicha 
Garvard
professori 
Maykl Sendel
o’zining ma’naviyat haqidagi «
Justice
» 
deb nomlangan kursini haddan tashqari ommalashib ketgani tufayli internetdagi 
eng mashhur shahslardan biri bo’lib qoldi. Har yili dunyo miqyosidagi eng yaxshi 
bilimlarni to’plash va ularni internet orqali barcha foydalanishi uchun tarmoqqa 
joylashtirish bo’yicha yangidan-yangi ishlar qilinib, filantroplar va venchur 
tadbirkorlar buning uchun o’nlab million dollar mablag’lar ajratayaptilar. Ularning 
birgalikdagi say’i-harakatlari dunyoning istalgan joyida yashovchi insonlarning 
zamonaviy va sifatli ta’lim olishlariga sabab bo’lishi kuzatilayapti. Professorlar 
Sebast’yan Trun
va 
Piter Norvig 
larning ta’kidlashlaricha, 2050 yilga kelib, jahon 
miqyosida bor-yo’g’i o’ntagina katta zamonaviy universitetlar qolib, ularda bir 
vaqtning o’zida millionlab talabalar o’qitilishiga erishiladi. Tabiiyki, bunday 
biznes unga jalb etilganlarning barchasi uchun ham foydali, ham raqamli 
iqtisodiyot uchun kadrlar yetishtirishga katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga misol 
sifatida hozirgi paytda real ishlab turgan minglab ta’lim tizimlari orasidan 
quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin