Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
chiqarilgan yangilikni bozorga olib chiqishga tayyor bo’lsa, uning ilmiy
tashkilotlardagi mualliflari o’z ilmiy natijalarini ishlab chiqarishgacha yetkazishga
tayyor bo’lsalar, u holda ushbu faoliyat loyihalashtirish asosida davlat tomonidan
moliyalashtirilishi lozim. Bu holatda raqamli texnologiyalarni oxirigacha yetkazish
uchun ketgan mablag’larni to’liq yoki qisman davlat tomonidan qoplanishi zarur,
ilmiy tekshirish instituti esa tayyor mahsulotni sotishdan
olingan foydaning bir
qismiga ega bo’lishi nazarda tutilishi kerak (
shundagina u konsortsiumda
to’laqonli ishtirok etishga qiziqish bildiradi
).
Raqamli innovatsion faoliyat doirasidagi korxonalarning
faolligi yuqorida
keltirilgan innovatsion tashkilotlar bilan aloqasi qanchalik yaxshi yo’lga
qo’yilganligi bilan aniqlaniladi. Raqamli innovatsiyalar yaratish jarayonida
innovatsion firmalar fan, texnika, texnologiya
va iqtisodiyot sohalaridagi
ma’lumotlar bilan ta’minlanishlari hamda moliyaviy, huquqiy va siyosiy jihatdan
qo’llab-quvvatlanishga erishishlari lozim. Shuning uchun ham bilimlarga
asoslangan raqamli iqtisodiyotda innovatsion yoki yaratuvchanlik infratuzilmasi
juda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: